Ulkan tölqin butun Tinç okeani böylab tarqalib, oçiq dengizda samolyot tezligida harakat qildi, keyin esa sohillarga yopirilib, ayrim joylarda 17 metrdan ortiq balandlikka yetdi.
Olimlar bu hodisalar zanjiri qanday keçişini ançadan beri tuşunib keladi. Biroq zilzila va undan keyingi sunami aynan qayerda va qanday boşlanişini — ya’ni subduksiya zonalaridagi çuqur okean zovurlarida bu jarayon qanday rivojlanişini batafsil kuzatiş hozirgaça juda qiyin bölib kelgan. Bu hududlar yaqinida sunamini kuzatiş uçun yetarli datçiklar yöqligi sabab, voqeaning aniq manzarasini oliş muşkul edi.
Ma’lum bölişiça, bu muammoning yeçimi — sun’iy yöldoşlar. Tadqiqotçilar endi faqat sunamini aniqlaşga möljallangan maxsus tizimlarga tayanib qolmay, mavjud sun’iy yöldoş missiyalaridan ham yangi maqsadlarda foydalanmoqda. NASA va Fransiya kosmik agentligi tomonidan jahon suv sathi va okean oqimlarini örganiş uçun yaratilgan SWOT (Surface Water and Ocean Topography) sun’iy yöldoşi kutilmaganda sunami haqidagi fan uçun ham kuçli vosita bölib çiqdi.
Kaliforniya ştati universitetining San-Diyego bölimida faoliyat yurituvçi Ignasio Sepulveda boşçiligidagi olimlar guruhi Kamçatkadagi sunamini kuzatiş uçun SWOT sun’iy yöldoşidan foydalandi. Ularning işi sunamigenez — ya’ni sunamining tuğiliş jarayoni haqida ğoyatda aniq tasavvur beriş imkonini yaratdi. Sun’iy yöldoş ma’lumotlari tufayli tadqiqotçilar bunday ekstremal okean hodisalarini yanada aniqroq modellaştirişi va ehtimol kelajakda yaxşiroq başorat qilişi mumkin böladi.
Zilziladan atigi 70 daqiqa ötgaç, sun’iy yöldoş Tinç okeani ustidan, episentrdan taxminan 600 kilometr masofada uçib ötdi. U yuqori aniqlikda nafaqat sunamining oldingi asosiy tölqinini, balki uning ortidan kelgan maydaroq tölqinlar zanjirini ham qayd etdi.
Ammo 2025 yilgi voqeani modellaştirişga uriniş paytida tadqiqotçilar muammoga duç keldi. Eng oddiy va keng qöllanadigan uzun tölqinli modeldan foydalanilganda, u sun’iy yöldoş kuzatgan barça xususiyatlarni qayta tiklay olmadi.
Buning sababi dispersion tölqinlar — aynan öşa “dumsimon” tebranişlar ekani ma’lum böldi. Uzun tölqinli model ularni hisobga olmaydi, çunki mavjud kuzatuv vositalari yordamida bunday tölqinlarni qayd etiş qiyin.
Tsunamini an’anaviy monitoring qiliş tizimlari asosan DART (Deep-ocean Assessment and Reporting of Tsunamis) buylariga tayanadi, ular dengiz tubidagi bosim özgarişlarini ölçaydi. Bu datçiklar ogohlantiriş tizimlari uçun juda muhim bölsa-da, ularning imkoniyati çeklangan: ma’lumot faqat alohida nuqtalardan olinadi va tölqinning töliq tuzilmasini köriş imkoni bölmaydi.












