Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
AQŞ–Eron muzokaralari
Bugun — 11aprel kuni Pokiston poytaxti Islomobodda AQŞ va Eron örtasida uruşni tugatiş böyiça muzokaralar ötkazilişi rejalaştirilgan. Ayni vaqtda vitse-prezident J. D. Vens boşçiligidagi AQŞ delegatsiyasi Islomobodga yöl olgan.
Parlament spikeri Muhammad Boqir Ğolibof va taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi boşçiligidagi Eron delegatsiyasi esa juma kuni Pokistonga yetib kelgan.
Ğolibof avvalroq Vaşington Eron aktivlarini blokdan çiqarişga va Livanda öt oçişni töxtatişga rozi bölganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, uşbu va’dalar bajarilmagunça muzokaralar boşlanmaydi.
Ğolibof, şuningdek, agar Vaşington «haqiqiy kelişuv» taklif qilsa va Eronning huquqlarini tan olsa, kelişuvga tayyorligini bildirdi.
Tehron muzokaralardagi kun tartibiga yangi sanksiyalarni bekor qiliş va Hörmuz böğozi ustidan öz vakolatlarini tan oldiriş talablarini ham kiritgan. Eron u yerda tranzit tölovlarini yiğiş va ötiş yölini nazorat qiliş maqsadida. Bu mintaqaviy kuçlar muvozanatining keskin özgarişini anglatadi.
Oq uy Eronning talablariga darhol munosabat bildirmadi, biroq Tramp ijtimoiy tarmoqlarda eronliklar tirik qolganining yagona sababi muzokaralar ekanini yozdi.
Pokistonga yöl olgan Vens ijobiy natija kutayotganini aytdi, ammo qöşimça qildi: «Agar ular bizni öyin qilmoqçi bölişsa, muzokaralar jamoasi bunga unçalik moyil emasligini köradi».
Şanba kuni Islomobodda misli körilmagan xavfsizlik çoralari körildi. Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif «hal qiluvçi» deb atagan muzokaralar arafasida köçalarga minglab harbiylaştirilgan xodimlar va qöşinlar çiqarildi.
Muzokaralar bilan bir qatorda juma kuni ham Livan janubida Isroil hujumlari davom etdi. Nabatiya şahridagi hukumat binosiga berilgan zarba natijasida Livan xavfsizlik kuçlarining 13 a’zosi halok böldi. «Hizbulloh» bunga javoban Isroil şimolidagi şaharlarga raketa zarbalari berganini ma’lum qildi.
Astronavtlar Yerga qaytdi
Juma kuni Artemis II missiyasining tört kişilik ekipaji Yerga qaytdi. Deyarli 10 kun davom etgan uşbu missiya insoniyatning yarim asrdan köproq vaqt içida Oy yaqiniga amalga oşirgan ilk parvozi böldi.











