O‘zbekiston | 23:54 / 11.04.2026
772
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidenti kuzatib qo‘ydi. Shu bilan prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning O‘zbekistonga amaliy tashrifi yakunlandi.

Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Oliy martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Bahouddin Naqshband maqbarasi va qadimiy Buxoroning tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi.

Yetakchilar viloyat hokimligining situatsion markazi, sun’iy intellekt bo‘yicha loyihalar va sanoat korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.

Tadbirlar yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

Shu bilan prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid