Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 14:43
513
1 daqiqa o‘qiladi
Xorijdagi o‘zbekistonliklar elchixona qabuliga onlayn yozilishi mumkin bo‘ldi
Xorijdagi O‘zbekiston vatandoshlari uchun MyGov portali orqali elchixona qabuliga yozilish imkoniyati yaratildi.
Foto: Kun.uz
Portal ma’muriyatiga ko‘ra, endi konsullik xizmatlaridan foydalanishda soatlab navbat kutish shart emas. Ilgari elchixonaga borib navbat kutilgan bo‘lsa, endi barchasini my.gov.uz orqali hal qilish mumkin.
Xizmatdan foydalanish tartibi quyidagicha:
- my.gov.uz portaliga kirib, “Elchixona (konsullik) qabuliga yozilish” xizmati tanlanadi;
- kerakli konsullik okrugini va xizmat turi belgilanadi;
- taqvimdagi bo‘sh kun va soatlardan birini tanlab, navbat varaqasi olinadi.
Qabulga yozilish xizmati bepul.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
10:31 / 13.03.2026
Polshada og‘ir kasallikka chalingan fuqaro vatanga qaytarildi
09:06 / 10.03.2026
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolariga xavfsizlik bo‘yicha murojaat qilindi
14:04 / 04.03.2026
Dohada 500 nafardan ortiq o‘zbekistonlik mehmonxonalarda qolmoqda
13:55 / 01.03.2026