Jahon çempionati saralaş bosqiçida maydonga çiqqan, özini körsatgan, köp mehnati singgan futbolçilar bilan intervyular berib boryapmiz. Navbat “Istanbul Başakşehir” klubi va milliy jamoa hujumkor yarimhimoyaçisi Abbos Fayzullayevga. Biz Istanbulga safarimiz davomida Milliy jamoamizning muxlislar yoqimtoyiga aylangan futbolçimiz bilan eksklyuziv suhbat uyuştirdik.
Milliy jamoadagi raqobat
- Men milliy jamoaga eng kiçik öyinçilardan biri sifatida borganman. Ammo baribir öşa raqobatga tayyor bölib boriş kerak. Balki öşa payt tayyor bölmagan bölişim mumkindir, lekin katta futbolda özingizga işonçingizni maydonda körsatmasangiz, bunaqa raqobatni yorib ötiş qiyin. Boz ustiga milliy jamoada bosim ham kuçli, tajribaliroq öyinçilar bor u yerda.
Futbolda joy heç qaçon kafolatlanmaydi. Öşa paytdagi holatingizdan kelib çiqib, agar yaxşi formada bölsangiz, trener loyiq körsa, öyinga tuşiradi. Agar yomon formada bölsangiz, terma jamoa mas’uliyati kuçli bölgani uçun bunaqa riskka heç kim bormasa kerak.
Rossiyadan Turkiyaga
TsSKAda sovrinlarni yutdik, bundan xursand edim. Biroq yangi murabbiy kelgaç, maydondagi pozitsiyamni özgartirdi. Bu esa öyinimda pasayiş bölişiga sabab böldi, deb öylayman. Çunki avval unaqa pozitsiyada öynamaganman, unday funksiyalarni bajarmaganman. Şu tufayli ösişdan töxtadim ozroq, menimça.
Şartnomam tugaşiga bir yil qolgan edi. Faoliyatimda özgariş qilişni, Yevropada öynaşni, yevrokuboklarda iştirok etişni istadim. Moskvada hammasi yaxşi edi, meni klubdagilar ham, muxlislar ham yaxşi körişardi. Biroq yevrokuboklarda öynaş, top-5 çempionatlardan biriga ötiş uçun tramplinni izlaş istagi Turkiyani tanlaşda muhim rol öynadi. Siyosiy holat tufayli Rossiyadan yanada kuçliroq joyga ketiş amrimahol edi. Turkiyada esa bunday tösiq yöq.
Hozir boş murabbiy Nuri Şahin bilan munosabatlarimiz yaxşi, öyin amaliyoti bor. Turkiyadagilimdan mamnunman.
Boşida bu yerda ham oson bölmadi. Moslaşişga vaqt kerak böldi. Boz ustiga Şahindan avvalgi murabbiy meni öyinlarga tuşirmadi. Xafa böldim. Keyin esa endigina öyinlarda qatnaşa boşlagaç, milliy jamoada jarohat oldim. Biroq aybni özimdan qidirdim va bu pauzalar menga foyda böldi, deyişim mumkin. Ötirib, hammasini öylab oldim. Bunaqasi ketmaydi, dedim özimga özim.
















