Amerikalik harbiylar Yaqin Şarqdagi katta uruş boşida Eron tomonidan tösib qöyilgan Hörmuz böğozini oçişga qaratilgan amaliyot boşlagan. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

U Eronning butun floti, jumladan, mina örnatuvçi 28 ta kema ham allaqaçon Amerika harbiylari tomonidan çöktirib yuborilganini aytgan.

«Ularning floti yöq qilindi, ularning harbiy-havo kuçlari yakson etildi, ularda endi havo hujumidan mudofaa kuçlari mavjud emas, radarlari işlamayapti, ularning raketalar va dronlar işlab çiqariladigan zavodlari raketalar va dronlarga qöşib yöq qilindi, eng asosiysi ularning köp yillik „yetakçilari“ endi yöq <...> Yagona xavf – kemalar ularning dengiz minalariga „tuşib qolişi“ mumkinligida, darvoqe, ularning 28 ta mina örnatuvçilari ham allaqaçon suv tubida yotibdi», – deya yozgan Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

Hozir biz butun dunyo mamlakatlari, jumladan, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Germaniya va boşqa köplab davlatlarga xizmat körsatiş maqsadida Hörmuz böğozini tozalaş jarayonini boşlayapmiz. Ajablanarlisi şundaki, bu işni mustaqil bajariş uçun ularning özida na jur’at va na iroda bor.

11 aprel kuni AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining kamida bitta esminetsi – USS Michael Murphy Hörmuz böğozi orqali suzib ötgan.

Axios naşri jurnalisti Barak Ravid amerikalik mulozimlarga tayanib, 11 aprel kuni Amerikaning bir neça harbiy kemasi Hörmuz böğozi orqali suzib ötganini xabar qildi. Manbalarning sözlariga köra, bu qadam Eron bilan kelişilmagan va uruş boşidan buyon ilk bor kuzatilgan.

Ravidning yozişiça, harbiy kemalar böğozni şarqdan ğarbga qarab kesib ötgan, keyin esa ortga burilib, Arab dengiziga qaytgan. Eronlik harbiylar esa Amerika harbiy kemasi Tehron tomonidan bildirilgan ogohlantirişdan keyin ortga qaytgani va böğoz suvlarini ma’lum qilgan.

AQŞ Markaziy harbiy qömondonligi ham keyinroq 11 aprel kuni Amerikaning «Frenk Piterson» (USS Frank E. Peterson) va «Maykl Myorfi» (USS Michael Murphy) nomli esminetslari böğoz Islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan örnatilgan dengiz minalaridan töliq tozalanişini ta’minlaşga qaratilgan kengroq missiya doirasida harakat qilganini ma’lum qildi.

Hörmuz böğozini minalardan tozalaş işlari bilan Littoral Combat Ship sohil hududi harbiy kemalari şuğullanişi kerak. Amerika esminetslari esa ularni va böğoz orqali ötuvçi tankerlarni qöriqlaşi közda tutilgan. Amerika esminetslari böğoz suvlarida harakatlangani amalda Hörmuz böğozini kuç bilan oçişni anglatadi.