Siyosatşunoslarga köra, AQŞ va Eron örtasida kelişuvga erişilsa, mintaqadagi kuçlar muvozanati keskin özgaradi. Bunday vaziyatda Isroil strategik jihatdan yolğiz qolib, Eron bilan qarama-qarşilikda ança murakkab holatga tuşadi. Aynan şunday şaroitda eng xavfli ssenariy — yadroviy quroldan foydalaniş ehtimoli ham tilga olinmoqda. Mutaxassislar buni ehtimoldan xoli emas deb baholamoqda. Bu esa butun mintaqa uçun oğir va qaytarib bölmas oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar şu haqda söz yuritadi.

AQŞ-Eron bilan kelişuvga erişsa, Isroil harbiy harakatlarni yolğiz amalga oşiradimi?

Şavkat Ikromov: Uruş boşida ayrim davlatlar — jumladan, Turkiya, Pokiston, Ozarboyjon va Misr kabi davlatlar Eronga nisbatan e’tirozlar bildira boşladi. Ayrim arab davlatlari Eronning AQŞ harbiy bazalariga bergan zarbalari öz hududlariga ham xavf tuğdirayotganini ta’kidladi. Ekspertlar esa bu holatni Eronning agressiv siyosati sifatida baholadi.

Vaziyat rivojlanib borgani sari, ayniqsa sönggi voqealar fonida, muhim savol paydo böldi: Saudiya Arabistoni haqiqatan ham Eronga nisbatan samimiy munosabatdami?! U uruş tugaşini va mintaqada tinçlik örnatilişini xohlayaptimi yoki Eron masalasini keskin tarzda hal qiliş tarafdorimi?!

Bu savol bejiz paydo bölgani yöq. 2025 yilda Saudiya Arabistoni va Pokiston örtasida mudofaa sohasida kelişuv imzolangan edi. Aslida, Pokiston uzoq yillardan beri Saudiya Arabistonini harbiy-texnik jihatdan qöllab-quvvatlab keladi: armiyani modernizatsiya qilişda iştirok etadi, kadrlar tayyorlaşda yordam beradi. Şunday şaroitda, muzokaralar uçun imkoniyat paydo bölayotgan bir paytda, Eronni norozi qilişi aniq bölgan qadam taşlandi. Pokistondan Saudiya Arabistoniga qurol-yaroğ yetkazib berildi.

Bu, ayniqsa, mudofaa tizimlari va raketa texnologiyalariga taalluqli bölib, Eron tomonidan salbiy qabul qilinişi tabiiy edi. Yevropa naşrlari ham bu holatni savol ostiga qöymoqda: bu harakat muzokaralarga xalaqit beriş uçun qilindimi yoki oddiygina mavjud şartnomalar ijrosimi? Afsuski, ayrim signallar bu jarayonlarga tösqinlik qiliş ehtimolini kuçaytiradi.

Bugungi kunda köplab tahlillar şuni körsatadiki, AQŞ yaqin kelajakda çekinişga majbur bölişi mumkin. Çunki quruqlikdagi keng kölamli operatsiya ehtimoli past, uning oqibatlari juda oğir bölişi mumkin. Agar AQŞ içki siyosiy omillar, jumladan saylov jarayonlari sabab çekinsa va Isroilni yolğiz qoldirsa, Isroilning imkoniyatlari çeklangan böladi. U asosan ramziy yoki çeklangan harbiy amaliyotlar bilan kifoyalanişi mumkin.