Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
AQŞ—Eron muzokaralari natijasiz yakunlandi
Pokistondagi AQŞ—Eron muzokaralari şanba kunidan yakşanba tongigaça davom etdi. Bu sönggi ön yildan ortiq vaqtda AQŞ va Eron örtasidagi ilk töğridan töğri va eng yuqori darajadagi muloqot böldi.
AQŞ rasmiysi sözlariga köra, Eron Vaşingtonning uranni boyitişni töxtatiş, yirik boyitiş inşootlarini demontaj qiliş va boyitilgan uranni topşiriş haqidagi çaqiriğini rad etgan.
Şuningdek, Eron Hamas, «Hizbulloh» va husiyçilarni moliyalaştirişni töxtatiş, Hörmuz böğozini töliq oçiş haqidagi talablarni ham rad etdi.
Eron OAVlariga köra, böğoz va Eronning yadroviy dasturi asosiy kelişmovçilik nuqtalari bölib qolgan.
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Eron «anglaşuv memorandumi»dan bir neça qadam narida bölganida «maksimalizm, şartlarning özgarişi va blokada»ga duç kelmoqda.
«Nol darajadagi saboq olingan. Yaxşilik yaxşilikni, adovat esa adovatni tuğdiradi», deya qöşimça qildi u.
Tramp yakşanba kuni dastlab Eron muzokaralarni davom ettirişiga işonişini aytdi va Islomoboddagi muhokamalarni «juda döstona» deb atadi. Biroq bir neça soat ötgaç, AQŞ prezidenti «çorasiz qolgan» Eronning muzokaralar stoliga qaytişi unga qiziq emasligini bildirdi.
Vengriyada saylovlar: Orban davri yakunlandi
Yakşanba kuni bölib ötgan umumxalq saylovlarida Vengriya boş vaziri Viktor Orban 16 yillik boşqaruvdan söng markazçi «Tisa» partiyasiga hokimiyatni boy berdi.
62 yoşli Orban iqtisodiy turğunlik, xalqaro yakkalaniş va boylik töplayotgan oligarxlardan çarçagan mahalliy saylovçilar orasida öz nufuzini yöqotgandi. Orbanning qaqşatqiç mağlubiyati 45 yoşli Peter Madyarga – 199 örinli qonun çiqaruvçi organda mutlaq köpçilik ovozni taqdim etdi.
Deyarli barça ovozlar sanab çiqilgaç, «Tisa» partiyasi 138 ta örinni qölga kiritişi kutilmoqda. Bu Madyarga Orbanning konstitutsiyaviy özgarişlarini bekor qiliş uçun zarur bölgan köpçilik ovozdan ham köproqdir.











