AQŞning Özbekistondagi elçixonasining ma’lum qilişiça, FIFA PASS imtiyozli röyxatga oliş tizimi orqali viza suhbatiga yoziliş mumkin. Ya’ni bu tizim faqatgina viza suhbatini oldinroqqa belgilaş imkonini beradi. Elçixonaning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, odamlar orasidagi “Çempionatga çipta bölsa bas, viza beriladi”, degan gap mutlaqo notöğri. Çipta vizani kafolatlamaydi, hamma bir xil tekşiruvdan ötadi, deydi diplomatik idora.
FIFA PASS imtiyozli röyxatga oliş tizimi jahon çempionatiga çiptangiz bölsa, viza suhbatini avvalroqqa belgilaş imkoniyatini beradi, xolos. Bu viza olişni heç qanaqasiga osonlaştirmaydi, çempionatga çiptasi borlar viza olişi aniq degan gap yöq.
Viza suhbatini oldinroqqa belgilaş imkonini beruvçi FIFA PASS qanday işlaydi?
Elçixonaga köra, avvalo FIFA rasmiy saytidan çipta sotib olinişi şart. Keyin, fifa.com/tickets saytida rozilik formasini pasport ma’lumotlari bilan töldiriş kerak. Undan keyin esa viza uçun DS-160 arizasini xuddi şu ma’lumotlar asosida töldiriş talab etiladi.
Ya’ni FIFA PASS va DS-160 dagi passport ma’lumotlari bir xil bölişi kerak. Şundan söng viza suhbatini belgilaş talab qilinadi.
Agar viza tizimidagi ma’lumotlaringiz rozilik formasidagi ma’lumotlarga mos kelsagina, FIFA PASS imtiyozli röyxatga oliş tizimi orqali viza suhbatiga kirişingiz mumkin böladi.
Elçixona xabarida yozilişiça, çipta viza olişni kafolatlamaydi va barça arizaçilar standart xavfsizlik tekşiruvlaridan baribir ötadi.
“Suhbatga keling va barça savollarga rost javob bering. Yodda tuting, çipta viza olişni kafolatlamaydi. Barça arizaçilar bir xil, standart xavfsizlik tekşiruvidan ötkaziladi. Tribunalarda körişgunça!” – AQŞning Özbekistondagi elçixonasi.
















