O‘zbekiston | 11:53
4097
1 daqiqa o‘qiladi

Nam havo oqimi kelyapti

Yangi haftaning boshi biroz issiq bo‘lishi, o‘rtalaridan harorat sezilarli pasayib ketishi kutilmoqda. Kaspiy dengizi ustidan kirib kelayotgan nam havo oqimi avvaliga mamlakat shimoliga, keyin boshqa ko‘plab hududlarga yog‘ingarchilikni taqdim etadi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov haftadagi ob-havo kutilmalari bilan Kun.uz'ning jonli efirida tanishtiradi.

Foto: Kun.uz

Chorshanbadan respublika bo‘ylab havo harorati keskin pasayib ketadi. Hafta boshlaridagi +25...+28 daraja issiq harorat hafta o‘rtalaridan +14...+17 darajaga almashadi. Sovuq havo oqimi kuchli shamollar orqali mintaqaga kirib keladi. 14-16 aprel kunlari davomli kuchli shamollar bo‘lishi kutilmoqda. Sovuq havo to‘lqini deyarli hafta oxiriga qadar davom etadi.

Keyingi hafta boshlaridan asta-sekin haroratning ko‘tarilib borishi ro‘y beradi. Shimol tomonlar, Toshkent viloyati va tog‘larda ko‘p miqdorda jala yog‘ishi taxmin qilinmoqda.

Шокир Шарипов
Tayyorlagan Шокир Шарипов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid