Tanlov yakunida 30 nafar finalçi Toşkentga taklif etiladi. Bu yerda ötkaziladigan loyiha taqdimoti (pitching) natijalariga köra 7 nafar ğoliba öz biznesini rivojlantiriş uçun pul grantlari bilan taqdirlanadi.

Özbekistonda ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş va rivojlantirişga qaratilgan She’s Next global taşabbusining birinçi bosqiçi boşlandi. Loyiha Visa kompaniyasi tomonidan Ipak Yuli Bank bilan hamkorlikda, Raqamli texnologiyalar vazirligi va ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş böyiça Hamroh kompaniyasi kömagida amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda ayollar örtasida tadbirkorlikni rivojlantiriş barqaror iqtisodiy ösişni ta’minlaş va zamonaviy biznes muhitini şakllantirişning muhim omillaridan biriga aylanmoqda.
Ipak Yuli Bank boşqaruvi raisining örinbosari Tursunboy Maxkamov ta’kidlaganidek, She’s Next taşabbusi şunçaki loyiha emas, tadbirkor ayollarga bilim, resurslar va rivojlaniş imkoniyatlariga yetib boriş imkonini beruvçi tölaqonli platforma hisoblanadi.
«Biz Özbekistonda ayollar örtasida tadbirkorlik faolligi ortib borayotganini köryapmiz va biz uçun bu tendensiyani nafaqat qöllab-quvvatlaş, balki uni rivojlantiriş uçun amaliy mexanizmlar yaratiş ham muhim: moliyalaştirişdan tortib ta’lim dasturlarigaça. Visa bilan hamkorlik va She’s Next taşabbusining işga tuşirilişi bizning ESG-strategiyamiz bir qismi hamda tadbirkor ayollar bilim, resurslar va yangi imkoniyatlarga ega böladigan barqaror tadbirkorlik ekotizimini şakllantirişga qöşilgan hissadir. Işonamizki, uşbu taşabbus amaliy platformaga aylanadi va köplab ayollarga öz biznesini rivojlantirişda navbatdagi qadamni qöyişga yordam beradi», – deydi u.
Özbekistondan iştirok etuvçi ayollar uçun umumiy mukofot jamğarmasi 22 000 AQŞ dollarini taşkil etadi. Arizalar 2 apreldan 24 maygaça She’s Next platformasida qabul qilinadi.

Özbekistonda She’s Next taşabbusining birinçi bosqiçi «Boshlang!» şiori ostida ötmoqda. Visa kompaniyasining Markaziy Osiyo böyiça vitse-prezidenti va mintaqaviy menejeri Sanjar Suleymanov ta’kidlaşiça, 2019 yildan buyon mazkur taşabbus butun dunyo böylab ayollarga öz biznesini yölga qöyiş va rivojlantirişda yordam berib kelmoqda.
“Bugun biz uşbu taşabbusni Özbekistonda Ipak Yuli Bank bilan hamkorlikda ilk bor işga tuşirayotganimizdan mamnunmiz. Özbekiston — katta va jadal rivojlanayotgan bozor bölib, kuçli tadbirkorlik salohiyatiga ega. Biz tobora köproq ayollar biznes yölini tanlayotganini köryapmiz. Şu bilan birga, She’s Next taşabbusining birinçi bosqiçini boşlaş doirasida memorandum imzolanişi mamlakatda ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş yölidagi muhim qadam hisoblanadi. Umid qilamizki, bizning taşabbusimiz tadbirkor ayollarga öz ğoyalarini kengaytiriş, qimmatli bilimlar oliş va yangi bozorlarga çiqiş imkonini beradi. Taşabbusning birinçi bosqiçi «Boshlang! – Boşlaşga jasorat!» şiori ostida ötayotgani ham bejiz emas. Çunki aynan birinçi qadamni qöyişga jasorat köpinça katta yutuq va muvaffaqiyatlarga olib boradi”









