Ma’lum qilinişiça, uşbu qönğiroqlar oddiy telefon aloqasi orqali emas, balki internet va maxsus dasturlar yordamida amalga oşiriladi. Firibgarlar özlarining haqiqiy raqamlarini yaşirgan holda, telefon ekranida istalgan davlatga tegişli bölgan soxta raqamlarni körsatişi mumkin.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, bunday qönğiroqlar internet orqali yuborilgani sababli, ularni kim va qayerdan amalga oşirganini aniqlaş ança muşkul. Şuningdek, uşbu raqamlar haqida maxsus bazalarda ma’lumot bölmasligi, ularning vaqtinçalik va soxtalaştirilgan raqamlar ekanini anglatadi.

Şubhali qönğiroqlar bir qator xavflarni keltirib çiqaradi. Xususan, bunday raqamlarga qayta qönğiroq qiliş abonent hisobidan mablağ yeçilişiga sabab bölişi mumkin. Bundan taşqari, firibgarlar özini turli taşkilot xodimi sifatida taniştirib, şaxsiy ma’lumotlar va bank kartalariga oid maxfiy kodlarni qölga kiritişga urinadi.

Mutaxassislar, şuningdek, notaniş raqamdan kelgan qönğiroqqa javob beriş orqali abonent raqami “faol” ekani aniqlanişi va natijada bunday qönğiroqlar soni yanada ortişi mumkinligini qayd etmoqda. Ayrim holatlarda esa ovoz yozib olinib, sun’iy intellekt orqali soxtalaştirilib, yaqinlarni aldaş maqsadida işlatilişi xavfi ham mavjud.

Şu munosabat bilan fuqarolarga notaniş va şubhali xorijiy raqamlardan kelayotgan qönğiroqlarga javob bermaslik, ularga qayta qönğiroq qilmaslik, bunday raqamlarni bloklaş hamda şaxsiy ma’lumotlarni heç kimga oşkor qilmaslik tavsiya etilmoqda.