Saudiya Arabistoni Eron portlarini qamal qilişni töxtatişi va Tehron bilan muzokaralarga qaytişi uçun AQŞga bosim qilmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal manbalariga tayanib.
Gazeta suhbatdoşlariga köra, Ar-Riyoddagilar AQŞning dengiz blokadasi Eronni vaziyatni keskinlaştirişga hamda neft eksportidagi yana bir muhim yönaliş hisoblangan Bob-al-Mandib böğozini yopişga undaşidan xavfsiramoqda.
The Wall Street Journal qayd etişiça, Saudiya Arabistoni Hörmuz böğozi yopilgaç, xom neftni Qizil dengiz orqali taşişga ötgan va sönggi kunlarda neft eksporti hajmini uruşdan oldingi darajaga qaytargan.
Bob al-Mandib böğozi sohillarining katta qismini esa Eronning ittifoqçilari bölgan Yaman husiyçilari nazorat qiladi, ular bu yönalişni tösib qöyişi mumkin.
The Wall Street Journal naşrining Saudiya energetika sektoridagi manbalariga köra, Ar-Riyod husiyçilardan qirollik kemalariga hujum qilinmasligi böyiça kafolat olgan. Ammo Saudiya Arabistoni AQŞga vaziyat beqarorligiça qolayotgani va agar Eron bosimni kuçaytiradigan bölsa, husiyçilar mojaroga faollik bilan aralaşişi mumkinligini bildirgan. Arabistonlik mulozimlarga köra, husiyçilar ham böğoz orqali ötadigan kemalardan tölov undirişni boşlaşi mumkin.
Reuters agentligi manbalari AQŞ va Eron delegatsiyalari joriy hafta oxirida muzokaralarning navbatdagi bosqiçi uçun Islomobodga qaytib kelişi mumkinligini xabar qilişgan.
Yaqin Şarqdagi katta uruşga qadar neft eksportidagi asosiy yönalişlardan biri bölgan Hörmuz böğozi uruşning ilk kunlaridayoq Eron tomonidan tösib qöyildi. Undan faqat Tehronga «döst» bölgan davlatlarning kemalari ötişiga ruxsat berilmoqda, Islom inqilobi muhofizlari korpusi esa böğozdan ötiş uçun tölov joriy qilgan.
AQŞ va Eron örtasida 11-12 aprel kunlari Islomobodda ötkazilgan muzokaralar natijasiz yakunlanganidan keyin Donald Tramp amerikalik harbiylar «Hörmuz böğoziga kirişga va undan çiqişga uringan har qanday kemaning yöli tösilişi»ni ma’lum qildi. Keyinroq AQŞ qurolli kuçlari markaziy qömondonligi aniqlik kiritib, faqat Eron portlariga borayotgan kemalar bloklanişini ma’lum qildi. Hörmuz böğozi orqali harakatlanuvçi va boşqa mamlakatlardagi portlarga boruvçi kemalar harakati esa çeklanmagan.













