Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

AQŞ–Eron muzokaralari

Duşanba kuni AQŞ harbiylari Eron portlarini blokada qilişni boşladi. Bu holat Tehronning ğazabini qözğatib, öta muhim suv yöli atrofidagi mavhumlikni yanada kuçaytirdi.

Şunga qaramay, AQŞ prezidenti Donald Tramp duşanba kuni Eron u bilan aloqaga çiqqanini va kelişuv tuzişni xohlayotganini aytdi. U Tehronning yadroviy qurolga ega bölişiga imkon beruvçi har qanday bitimni tasdiqlamasligini bildirdi.

Yakşanba kuni AQŞ delegatsiyasiga boşçilik qilgan vitse-prezident J.D. Vens ham Pokistondagi muzokaralarda «katta yutuqlarga erişganini» aytdi. U Tehron bilan muloqot orqali AQŞ qayerda «yon bosişi» mumkinligi va qayerda qat’iy turişini tuşuntirgan.

Uning sözlariga köra, har qanday boyitilgan yadroviy material Erondan olib çiqilişi va yadroviy qurol işlab çiqarmayotganini tekşiriş mexanizmi şartligi haqidagi talab – qat’iy. Tehron «bizning yönalişimizda siljidi, şuning uçun ba’zi ijobiy belgilar bor deyişimiz mumkin, ammo ular yetarliça siljimadi», dedi Vens tafsilotlarni oçiqlamasdan.

Eronning BMTdagi delegatsiyasi duşanba kuni taşkilotga maktub yölladi. Unda Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Qatar va Iordaniyadan Eronga tovon puli talab qilingan. Tehron bu davlatlar AQŞ–Isroilning Eronga qarşi uruşida öz hududlaridan foydalanişga ruxsat berganini da’vo qilmoqda.

NATO yana Trampni qöllamadi

13 aprel kuni NATO ittifoqçilari Donald Trampning Eron portlarini blokada qiliş rejasiga qöşilmasligini bildirdi. Bu qaror Tramp ğazabini qözğatişi va alyans içidagi taranglikni yana oşirişi kutilmoqda.

Tramp dastlab AQŞ Hörmuz böğozidan ötayotgan kemalarni tösib qöyiş uçun boşqa davlatlar bilan hamkorlik qilişini aytgan edi. Keyinçalik AQŞ harbiylari blokada faqat Eron portlariga boradigan yoki u yerdan kelayotgan kemalarga nisbatan qöllanişini aniqlaştirdi.

Uruş 28 fevralda boşlanganidan beri Eron suv yölini deyarli barça kemalar uçun yopib qöygan. Tehron böğoz ustidan nazoratni doimiy qilişga va undan foydalanadigan kemalardan boj yiğişga intilmoqda.