Gap, jumladan, yadroviy tiyib turiş tizimi va alyans harbiy tuzilmalarini boşqariş masalalari haqida ketmoqda. Naşr ma’lum qilişiça, bunday ehtimoliy ssenariylarni tahlil qiliş ötgan yili boşlangan, ammo Berlin pozitsiyasi özgargaç, jarayon keskin tezlaşgan.
Germaniya uzoq yillar davomida Fransiyaning Yevropaning mudofaa suverenitetini kuçaytiriş haqidagi çaqiriqlariga ehtiyotkorona yondaşib kelgan. Reuters’ning fevral oyidagi tahliliga köra, Yevropa davlatlari oxirgi oylarda AQŞga qaramlikni kamaytiriş yöllarini faolroq muhokama qila boşlagan, ammo Germaniyaning yangi yondaşuvi bu jarayonga alohida turtki bergan.
WSJ xabariga köra, kansler Fridrix Mers 2025 yil oxirida öz qaraşlarini qayta körib çiqqan. Bu qarorga Donald Trampning NATOga munosabati, Ukraina böyiça pozitsiyasi va AQŞning uzoq muddatli işonçli ittifoqçi bölib qolişiga doir şubhalar sabab bölgan. Naşrga köra, Mersni ayniqsa Trampning Rossiya–Ukraina uruşi böyiça bayonotlari va NATO doirasida aniq qadriyatlarga tayanmaydigan siyosiy yondaşuvi taşvişga solgan.
Şu bilan birga, Mers ommaviy bayonotlarida NATOning özi Yevropa xavfsizligi uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini ham ta’kidlab kelmoqda. Reuters 9 aprel kuni u “NATO bölinib ketişini istamaymiz” deganini keltirgan.
WSJ ma’lumotiga köra, reja ustida işlayotgan amaldorlar ba’zan bu ğoyani şartli ravişda “Yevropaça NATO” deb atamoqda. Bu yondaşuv yangi muqobil alyans tuzişni emas, balki NATOning amaldagi tuzilmalarini saqlab qolgan holda, operativ boşqaruvda yevropaliklar uluşini oşirişni nazarda tutadi. Hozirgaça NATO harbiy tuzilmalarida asosiy rahbarlik roli köp jihatdan amerikaliklar qölida bölgan.
Norasmiy uçraşuvlarda havo va raketaga qarşi mudofaa tizimlarini kim boşqarişi, Polşa va Boltiqböyi davlatlariga qöşimça kuçlarni yetkaziş koridorlari, ta’minot yönalişlari va yirik harbiy maşqlar kabi aniq masalalar muhokama qilinmoqda. Yana bir öta nozik masala — AQŞning yadroviy “qalqoni” örnini Yevropa mexanizmi bilan töldiriş ehtimoli. WSJ’ga köra, Mers bu mavzuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muhokama qilişni boşlagan.
WSJ xabariga köra, Germaniya pozitsiyasining özgarişi kengroq konsensus yuzaga kelişida muhim omil bölgan. Buyuk Britaniya, Fransiya, Polşa, Şimoliy Yevropa davlatlari va Kanada NATOni “yevropalaştiriş” ğoyasini alyans içidagi bir turdagi “köngillilar koalitsiyasi” sifatida köra boşlagan. Bu yondaşuvning maqsadi — AQŞ iştirokini qisqartirgan taqdirda ham NATOning işlaş qobiliyatini saqlab qoliş.












