Qayd etilişiça, bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,8 foizga oşgan bölib, mamlakatda aholi soni barqaror ösişda davom etmoqda.
Aholi tarkibi tahlil qilinganda, erkaklar soni 19,3 million nafarni, ayollar soni esa 19,1 million nafarni taşkil etgani ma’lum böldi. Bu esa mamlakatda gender muvozanati nisbatan teng ekanini körsatadi.
Hududiy taqsimotga köra, aholining 19,6 million nafari şahar joylarda, 18,8 million nafari esa qişloq hududlarida istiqomat qilmoqda. Bu körsatkiçlar şaharlaşuv jarayonlari bosqiçma-bosqiç davom etayotganini anglatadi.
Mutaxassislar fikriça, aholi sonining ösişi iqtisodiyot, mehnat bozori va ijtimoiy infratuzilmaga bölgan talabni yanada oşiradi. Şu bilan birga, bu demografik ösiş yangi iş örinlari yaratiş, ta’lim va soğliqni saqlaş tizimlarini rivojlantiriş zaruratini ham kuçaytiradi.
Milliy statistika qömitasi aholi soni böyiça ma’lumotlarni muntazam ravişda yangilab borişini ma’lum qilgan.












