Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatiladi. Ularning örniga 20ta okrug taşkil etiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, hozirda respublikada 44 tuman va 33 şahar mavjud.

«Viloyatlar va tumanlar tugatiladi, 20ta okrug qoladi – sodda qilib tuşuntirsam, 20ta viloyat böladi. Lekin bunga yana uç-tört yil bor», — dedi u Novqat tumani aholisi bilan uçraşuv çoğida ma’muriy-hududiy islohotlarning birinçi bosqiçi haqida ma’lumot berarkan.

Japarovning qayd etişiça, dastlab boşqaruv qanday amalga oşirilişini köriş maqsadida ikki-uç yillik pilot loyiha sifatida bitta okrug taşkil etiladi. Asosiy maqsad, uning respublika dotatsiyasidan çiqib keta oliş-olmasligini örganişdir. Agar loyiha muvaffaqiyatli çiqsa, viloyat va tumanlar tugatilib, respublika okruglarga bölinadi.

Sadir Japarov ma’muriy-hududiy islohotlarning birinçi bosqiçi muvaffaqiyatli ötkazilganini ta’kidladi.

Islohotlar natijasida ötgan ikki yil içida mamlakatda ovul aymoqlari soni 452tadan 231taga kamaytirildi.