ACI Europe rahbari Olive Yankovetsning aytişiça, yölovçilar ayrim eng serqatnov soatlarda uç soatgaça kutişga majbur bölgan. Ryanair boş direktori Maykl ÖLiri esa tizimni “töliq şarmandalik va tartibsizlik” deb atab, uni Brexit uçun jazoga qiyoslagan. U ayrim aeroportlarda navbatlar tört soatgaça çözilayotganini aytib, EES tizimining töliq joriy etilişini oktyabrgaça keçiktirişga çaqirgan.

Soha vakillari Yevropa komissiyasidan çegara xizmati xodimlariga ortiqça keçikişlar yuzaga kelganda mazkur tizim işini töliq töxtatib turişga ruxsat berişni söragan. The Guardian xabariga köra, bunday moslaşuv çoralari amalda mavjud, ammo ular barça joyda bir xil qöllanmayapti.

Milandagi Linate aeroportida EasyJet’ning Mançesterga parvoziga röyxatdan ötgan 156 yölovçidan atigi 34 nafari samolyotga çiqişga ulgurgan, qolgan 122 kişi esa nazoratdan öz vaqtida öta olmagani uçun reyssiz qolgan. Aviakompaniya çiptani bepul almaştirişni taklif qilgan, ammo yuz bergan holat uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olmagan. Bu misol tizim atrofidagi tanqidlarni yanada kuçaytirgan.

Yevropa komissiyasi esa tanqidlarga qöşilmagan. Komissiya ma’lumotlariga köra, tizim ştat rejimida işlamoqda va bir nafar yölovçini rasmiylaştiriş uçun örtaça 70 soniya ketmoqda. ACI esa bu raqamni real vaziyatga mos emas deb hisoblab, amalda jarayon bundan qariyb beş baravar köproq vaqt olayotganini bildirgan.

EES tizimi 2025 yil 12 oktyabrdan bosqiçma-bosqiç joriy etilgan, 2026 yil 10 apreldan esa Şengen hududidagi 29 davlat taşqi çegaralarida amal qilişning töliq bosqiçiga ötgan. Bu tizim pasportga qölbola muhr bosiş amaliyoti örnini egallaydi: endi qisqa muddatga Şengen hududiga kirayotgan YeIga a’zo bölmagan davlatlar fuqarolari foto va barmoq izlari kabi biometrik ma’lumotlarni topşiradi. YeI fuqarolari, ayrim rezidentlar va boşqa ozod etilgan toifalarga uşbu talab tatbiq etilmaydi.