Suriyadan uşbu mamlakatda joylaştirilgan AQŞ qöşinlari töliq olib çiqildi. Suriya Taşqi işlar vazirligi va ekspatriantlar işlari böyiça idorasi 16 aprel, payşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilgan bayonotida, “ilgari Suriyada Amerika qöşinlari bölgan harbiy obektlarning Suriya hukumatiga topşirilişi yakunlangani”ni olqişlaşini ma’lum qildi.
Damaşq bayonotida qayd etilişiça, “Qöşma Ştatlarning Suriyadagi harbiy missiyasini yakunlaş haqidagi qarori Suriyada Amerika harbiy iştirokiga dastlab sabab bölgan şaroitlar, ya’ni IŞIDning mintaqaviy yuksalişiga qarşi turiş zarurati tubdan özgargani haqidagi umumiy bahoni aks ettiradi”. Suriya TIVga köra, bugungi kunda Suriya davlati xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda içki resurslar orqali terrorizmga qarşi kuraşga töliq rahbarlik qiliş imkoniyatiga ega.
Damaşqda, şuningdek, harbiy obektlarni topşiriş “Suriya va Amerika hukumatlari örtasida töliq muvofiqlaştirilgan holda va yuqori professional darajada” amalga oşirilgani ta’kidlandi. Suriya tomoni bu jarayonni Damaşq va Vaşington örtasidagi munosabatlarning konstruktiv tus olgani belgisi sifatida baholagan.
AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi — CENTCOM vakillari ham bu ma’lumotni tasdiqladi. AP keltirgan bayonotga köra, CENTCOM vakili Tim Xokins “AQŞ kuçlari Suriyadagi barça asosiy bazalarimizni bosqiçma-bosqiç va vaziyatdan kelib çiqqan ötiş jarayoni doirasida topşirib böldi”, deb aytgan.
Uning qöşimça qilişiça, amerikalik harbiylar “IŞIDning mutlaq mağlubiyatini ta’minlaş va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaş uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan şeriklar boşçiligidagi antiterror operatsiyalarini qöllab-quvvatlaşda” davom etadi.
AFP muxbirlari Suriya şimoli-şarqidagi Kasrak bazasidan harbiy texnika olib çiqayotgan Amerika avtokarvonining Iroq tomon harakatlanganini kuzatgan. Manbalarga köra, joriy yil fevral oyida CENTCOM va Suriya Mudofaa vazirligi At-Tanf bazasidan ham Amerika qöşinlari çiqarilib, nazorat Suriya kuçlariga topşirilganini tasdiqlagan edi. Şuningdek, 2025 yil aprelida AQŞ Suriya şimoli-şarqidagi sakkiz bazasidan uçtasini yopayotgani va kontingent sonini 2000 nafardan 1400 nafarga qisqartirişi ma’lum bölgan.












