Ma’lum qilinişiça, @iiv_shxbb_bot orqali fuqarolar içki işlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya, tamagirlik yoki boşqa noqonuniy xatti-harakatlar haqida tez va oson xabar berişi mumkin.
Şuningdek, mazkur bot orqali xodimlarning xizmat faoliyati davomida duç kelayotgan muammolari haqida ham murojaat yöllaş imkoniyati yaratilgan.
Qayd etilişiça, har bir kelib tuşgan xabar tezkor ravişda tekşiriladi va murojaat etuvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.
Mazkur botning asosiy maqsadi — Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi bilan samarali aloqa örnatiş, tizimda şaffoflik va adolatni ta’minlaş, şuningdek huquqbuzarliklarning oldini olişdan iborat.
Fuqarolar, şuningdek, qöşimça ravişda 71-231-31-74 işonç telefoni orqali ham murojaat yöllaşi mumkin.

















