Rossiya hokimiyati 16 aprel, payşanba kuni bloger Viktoriya Bonyaning mamlakat prezidenti Vladimir Putinga yöllagan videomurojaatiga munosabat bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bonya “juda katta rezonansga ega mavzular”ni kötarganini tan oldi. Biroq u şu bilan birga, uşbu mavzular böyiça “katta işlar olib borilayotgani”, “köplab odamlar jalb etilgani” va “bularning barçasi e’tiborsiz qoldirilmagani”ni aytdi.
Şundan keyin Bonya yangi videomurojaat yozib, közlarida yoş bilan Kremlga “e’tiborsiz qoldirmagani uçun” minnatdorlik bildirdi. U özining keyingi taqdiri qanday bölişini bilmasligini, ammo “bu şunga arziydi”, deb aytdi. Bu haqda Meduza va boşqa naşrlar xabar qildi.
“Meduza” naşri manbasining aytişiça, Rossiya hokimiyatiga loyal OAVdan biriga prezident administratsiyasining siyosiy blokidan Bonyaning Putinga murojaati mavzusini “rivojlantirmaslik” haqida “qat’iy iltimos” kelib tuşgan. Suhbatdoş sözlariga köra, faqat rasmiy şaxslarning munosabatigagina istisno qilingan. Bu da’vo DW materialida ham keltirilgan.
Viktoriya Bonya 14 aprel kuni Instagram ijtimoiy tarmoğida Vladimir Putinga “xalq nomidan” videomurojaat e’lon qildi. U Rossiya prezidenti “boşqa ölçamda yaşaydi” va “köp narsani bilmaydi”, deb bayonot berdi. Video davomida u “birorta gubernator ham aytmaydigan” beş muammoni sanab ötdi: Doğistondagi toşqin, Anapada mazut tökilişi, “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarning öldirilişi, Novosibirsk viloyatida qoramol ommaviy söyilişi va ijtimoiy tarmoqlar blokirovkasi. Şuningdek, Bonya “milliy” Max messenjerini ham tilga olib: “Sizga yolğon gapirişyapti — işlamaydigan narsani yaratişgan”, dedi. Bu mazmun RTVI va boşqa naşrlar xabarida ham aks etgan.
Uning murojaati katta şov-şuvga sabab böldi: 16 aprel keçga kelib Instagram’da u 1,3 million layk, qariyb 73 ming izoh va 100 mingdan ortiq repost töplagani DW xabarida aytilgan.
Bonya ortidan Rossiyadagi vaziyatni tanqid qilgan yana bir maşhur bloger — Ayza ham videomurojaat bilan çiqdi. Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga oçiqça tarafdor bölib kelayotgan aktyor Ivan Oxlobistin esa Rossiyada internet çeklovlarini “ulkan xato” deb atab, buni SSSRga qaytişga urinişga qiyosladi.












