Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Isroil va Livan öt oçişni töxtatişga kelişdi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroil va Livan yetakçilari 10 kunlik öt oçişni töxtatiş rejimini boşlaşga kelişib olganini ma’lum qildi.
Keça respublikaçi prezident Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu va Livan prezidenti Jozef Aun bilan «ajoyib suhbatlar» ötkazganini yozdi. Ikkinçi postida esa u ikki davlat örtasida «mazmunli muzokaralar» ötkaziş uçun yetakçilarni Oq uyga taklif qildi. «Har ikki tomon TINÇLIKNI xohlamoqda va işonamanki, bu tez orada amalga oşadi!» dedi u.
Keyinroq AQŞ Davlat departamenti Isroil va Livan sulhi payşanba kuni keçki vaqtdan kuçga kirişi va 10 kunlik muddati özaro kelişuvga köra uzaytirilişi mumkinligini bildirdi.
Kelişuv matniga köra, sulh kuçga kirişi bilan Livan hukumati «Hizbulloh» va öz hududidagi boşqa qurolli guruhlarning Isroilga qarşi hujumlar uyuştirişiga yöl qöymaslik çoralarini köradi.
Isroil esa sulh davrida rejalaştirilgan, muqarrar yoki davom etayotgan hujumlarga qarşi özini himoya qiliş uçun zarur çoralarni körişi mumkin. Biroq u ham ön kun davomida Livanda heç qanday hujumkor harbiy operatsiyalar ötkazmaslikka rozi böldi.
Kelişuvga köra, ikki davlat barça hal qilinmagan masalalarni, jumladan, xalqaro quruqlik çegaralarini demarkatsiya qiliş uçun AQŞdan muzokaralarga kömaklaşişni söragan.
Isroilning Livandagi harbiy kampaniyasi AQŞ–Eron örtasidagi tinçlik bitimiga asosiy tösiqlardan biri edi. Endi hafta oxirida Pokistonda AQŞ–Eron muzokaralarining ikkinçi bosqiçi davom etişi kutilmoqda.
Rossiya–Ukraina uruşi
Rossiyaning Ukrainaga hujumlaridan söng qurbonlar soni 18 nafarga yetgani ma’lum böldi. Xususan, Rossiya bir keçaning özida bir neça tölqinli hujumda 700 dan ortiq dron va raketalarni uçirgan.
Rasmiylarning ma’lum qilişiça, hujumlar oqibatida Ukraina janubidagi Odessa port şahrida töqqiz kişi, markaziy Dnepr şahrida beş kişi va poytaxt Kiyevda tört kişi hayotdan köz yumgan.











