Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Hörmuz vaqtinçalik oçildi
Eron Livanda erişilgan öt oçişni töxtatiş kelişuvidan söng Hörmuz böğozini vaqtinça qayta oçdi.
Juma kuni eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi strategik böğoz barça tijorat kemalari uçun oçiqligini e’lon qildi. Bu oçiqlik Isroil va Livan örtasida AQŞ vositaçiligida erişilgan 10 kunlik sulh davomida amal qiladi.
Biroq har ikki tomonning keyingi bayonotlari va tuşuntirişlari kema qatnovi qançalik tez normal holatga qaytişini noaniqlikda qoldirdi. Juma kuni ba’zi kemalar böğozdan ötişga urinib körgani, biroq muvaffaqiyatsizlikka uçrab, ortga qaytgani kuzatildi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Arizona ştatidagi mitingda sözga çiqib, Aroqçining bayonotini «dunyo uçun ajoyib va porloq kun» deb atadi. Biroq Tramp Eron portlariga yönalgan kemalar blokadasi «eronliklar bilan kelişuv 100% bajarilmagunça» öz kuçida qolişini aytdi.
Eron bunga keskin munosabat bildirdi. Parlament spikeri Muhammad Boqir Ğolibof agar AQŞ blokadasi davom etsa, Hörmuz böğozi «oçiq qolmasligini» aytdi. Şuningdek, u Trampni juma kungi tinçlik muzokaralari haqida köplab yolğon ma’lumotlar tarqatişda aybladi.
Eron mudofaa vazirligi harbiy kemalar va «duşman kuçlari» — AQŞ va Isroilga tegişli kemalarning ötişiga hamon ruxsat berilmasligini ta’kidladi.
Şuningdek, Tramp NATOning yordam beriş taklifini rad etdi va ularga aralaşmaslikni aytganini bildirdi.
«Ular kerak bölganda foydasiz edi, ular — qoğoz yölbars!» deb yozdi Tramp. Şundan söng u Fors körfazi ittifoqçilari — Saudiya Arabistoni, BAA va Qatarga minnatdorlik bildirdi.
AQŞning NATOdagi ittifoqçilari duşanba kuni Trampning Eron portlarini blokada qiliş rejasiga aralaşmasliklarini, faqat janglar tugaganidan keyingina yordam berişlarini ma’lum qilgandi.
Tomonlar hozirgaça tinçlik muzokaralarining asosiy tösiği bölib kelayotgan Eron yadro dasturi masalasini qanday hal qilişi ham noaniqligiça qolmoqda. Eron özining fuqarolik yadroviy energiya dasturiga bölgan huquqini himoya qilib kelmoqda.








