Holat videosi internetda tarqalishi bilan, viloyat ekologiya va ichki ishlar boshqarmalari huquqbuzarlarni aniqladi. Ularning mashinalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 6 mln 592 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblandi.

Foto: Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi

Qolaversa, uchala huquqbuzarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan (20 mln 600 ming so‘mdan), jami 61 mln 800 ming so‘m jarima tayinlandi.

Huquqbuzarlar jarima va zararni birgalikda to‘lashi belgilandi, deyiladi Ekologiya qo‘mitasi xabarida.