AQŞ prezidenti Donald Tramp NATO böyiça hamkorlarning Hörmuz böğozi atrofidagi vaziyat yuzasidan yordam taklifini rad etdi.
«Hörmuz böğozidagi vaziyat barqarorlaşganidan keyin, menga NATOdan qönğiroq böldi va ular bizga yordam kerakmi, deb söradi. Men ularga, agar kemaga faqat neft yuklaşni istamasa, uzoqroq turişini aytdim. Ular kerak bölgan paytda foydasiz edi — qoğozdagi yölbarslar!» — deb yozdi Tramp 17 aprel, juma kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Fransiya va Buyuk Britaniya Hörmuz böğozida kemalar qatnovi erkinligini ta’minlaş böyiça köp millatli missiyaga «şaroit imkon berişi bilanoq» boşçilik qiladi. Bu haqda 17 aprel kuni Parijda ötkazilgan, dengiz yölagining xavfsizligiga bağişlangan xalqaro konferensiya yakunlari böyiça Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Britaniya boş vaziri Kir Starmer ma’lum qildi.
«Bu missiya mutlaqo tinç va mudofaa xususiyatiga ega böladi hamda tijoriy kemaçilik xavfsizligini ta’minlaş va minasizlantiriş işlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan böladi», — dedi Starmer Yelisey saroyida ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida. Uning sözlariga köra, «allaqaçon öndan ortiq davlat öz yordamini taklif qilgan».
Hörmuz böğozidagi operatsiyada iştirok etişga tayyorligini Germaniya kansleri Fridrix Mers ham bildirgan. Şu bilan birga, Germaniya hukumati rahbarining aytişiça, qöşinlarni joylaştiriş uçun Yaqin Şarqdagi uruş tugaşi va işonçli huquqiy asos, masalan, BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasi bölişi şart. Bundan taşqari, uşbu missiyada AQŞ iştirok etişi ham «maqsadga muvofiq», deb qöşimça qildi u.
Parijda Yaqin Şarq böyiça konferensiya davom etayotgan bir paytda, Donald Tramp va Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Livanda öt oçişni töxtatiş davrida Hörmuz böğozining tijoriy kemalar uçun oçilganini e’lon qildi. Şu bilan birga, Tramp Tehron bilan kelişuv tuzilmagunça, Eron portlariga qarşi Amerika blokadasi davom etişini bildirdi.
Bundan bir kun oldin Donald Tramp Isroil va Livan 17 aprel yarim tundan boşlab 10 kunlik öt oçişni töxtatişga kelişib olganini ma’lum qilgan edi. Biroq juma kuni ertalab Livan armiyasi Isroilni sulh rejimiga rioya qilmaslikda aybladi, Isroil rasmiylari esa “Hizbulloh”ga qarşi harbiy operatsiya davom etayotganini bildirdi.

















