Eron Hörmuz böğozi qaytadan yopilganini ma’lum qildi. Harbiylarning davlat televideniyesi orqali e’lon qilingan bayonotida Vaşington va’dasiga xilof tarzda Eron portlariga kelayotgan va portlardan çiqayotgan kemalarni bloklaşda davom etgani qayd etilgan.
AQŞ Erondan çiquvçi va Eronga kiruvçi barça kemalar uçun töliq erkinlikni tiklamaguniça «Hörmuz böğozidagi vaziyat qat’iy nazorat ostida bölişi» ta’kidlangan.
Keyinroq Islom inqilobi muhofizlari korpusining harbiy-dengiz kuçlari «birorta kema Fors körfazi yoki Ömon körfazida langar taşlagan joylarini tark etmasligi» lozimligini ma’lum qildi.
«Hörmuz böğoziga yaqinlaşiş duşman bilan hamkorlik sifatida baholanadi va uni buzgan kema nişonga olinadi», – deyiladi korpus bayonotida.
Şuningdek, «Donald Trampning Hörmuz böğozi böyiça sözlari öz kuçini yöqotgani» qayd etilgan.
Bloomberg xabariga köra, Eron hukumati ötiş navbatini kutib turgan kemalarning kapitanlarini böğoz böylab harakat yopilgani haqida xabardor qilgan.
Şanba kuni avvalida Donald Tramp jurnalistlar bilan muloqot çoğida Eron rahbariyati yana Hörmuz böğozini tösib qöymoqçiligi, ammo «AQŞ özini şantaj qilişga yöl qöymasligi»ni aytgandi.
Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar bu masalada qat’iy pozitsiyani egallagan.
U Eron bilan «juda yaxşi muzokaralar» olib borilayotganini aytgan, ammo Tehron özini «sönggi 47 yil davomida bölgani kabi biroz ayyorona tutayotgani»ni qayd etgan.
U keyinroq Eron böyiça ayrim ma’lumotlar paydo bölişini va’da qilgan, ammo mojaro haqidagi töğridan töğri savollarga javob berişni istamagan.
Tehron va Vaşington örtasidagi sulh muddati 22 aprel kuni yakunlanadi.
«Balki men uni uzaytirmasman, ammo blokada öz kuçida qolmoqda», – degandi Tramp avvalroq Air Force One bortida sulh böyiça savol bergan jurnalistlarga.
AQŞ markaziy qömondonligiga (CENTCOM) köra, 13 aprel kuni boşlangan blokada davomida 21 ta kema ortiga burilib, Eronga qaytişga majbur bölgan.















