18 aprelga ötar keçasi Ukraina dronlari Rossiya neft sanoatining törtta obektiga hujum qildi.

Şundan ikkitasi Samara oblastida joylaşgan – bular Novokuybişevsk va Sizrandagi neftni qayta işlaş zavodlaridir. Astra naşri guvohlar tomonidan e’lon qilingan suratlarni örganiş orqali «Rosneft»ga tegişli bölgan Novokuybişevsk neftni qayta işlaş zavodida yonğin yuzaga kelganini xabar qilgan. Ukraina dronlari bu korxonaga 2025 yil kuzida ham hujum qilgandi. Sizrandagi neftni qayta işlaş zavodi ham «Rosneft»ga tegişli hisoblanadi va u ham 2025 yil noyabr va dekabr oylarida ukrain dronlari nişoniga aylangandi.

Samara oblastidagi neftni qayta işlaş zavodiga zarbadan keyingi yonğğin. 2026 yil 18 aprel
Exilenova+
Sizrandagi neftni qayta işlaş zavodiga zarba. 2026 yil 18 aprel
Exilenova+

Bundan taşqari, dronlardan biri Novokuybişevskda qurilayotgan uyga tuşgan. «Trayektoriyasiga köra, dron möljalda adaşgan va korxona yonidan ötib ketgan», – deya yozadi guvohlarning foto va videolari geolokatsiyasini aniqlagan Astra naşri.

Samara oblasti gubernatori Vyaçeslav Fedorişçev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida regionga dronlar hujumi haqida xabar bergan. Uning yozişiça, dronlardan biri «Novokuybişevskdagi tuğruqxona yaqiniga qulagan». Gubernatorning sözlariga köra, bino derazalari tökilib ketgan.

Novokuybişevskdagi tuğruqxonada dron zarbasi oqibatlari. 2026 yil 18 aprel
Novokuybişevskdagi tuğruqxona
Novokuybişevskdagi tuğruqxona

Fedorişçev «Novokuybişevsk va Sizrandagi sanoat korxonalariga zarbalar kelib tuşgani» haqida ham aytgan, ammo aynan neftni qayta işlaş zavodlariga hujum qilinganiga töxtalmagan. U hujumlar oqibatida jabrlanganlar yöqligini qöşimça qilgan.