Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
26 ming dollar evaziga Hajga yubormoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Namangan viloyatida fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan “Haj-2026” ziyoratiga yuborishni va’da qilib, katta miqdorda pul talab qilgan shaxs tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1984 yilda tug‘ilgan shaxs Chust tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroni muqaddas Haj amalini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan. U mazkur xizmat evaziga 26 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi so‘ralgan pul mablag‘ining 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mutaxassislar fuqarolarni “Haj” ziyoratini faqat rasmiy tashkilotlar orqali amalga oshirishga, shubhali takliflarga ishonmaslikka chaqiradi.
Mavzuga oid
17:30 / 19.06.2026
Namanganda IIB tergovchisi nomusga tegish jinoyatini “yopib” yuborgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
09:00 / 18.06.2026
Namanganda yirik miqdordagi giyohvandlik vositasi qo‘lga olindi
11:55 / 12.06.2026
Namanganda “chempion” tadbirkorlar va yirik investitsiya loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi
11:24 / 23.05.2026