Amerikalik harbiylar qamalga qaramay, Hörmuz böğozini kesib ötişga uringan «Tuska» (Touska) nomli kemaga zarba berdi – bu kema Eron bayroği ostida harakatlangan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmoğida «aviataşuvçi hajmidagi yuk kemasi blokadani yorib ötişga uringani, ammo bu uning uçun yomon yakunlangani» haqida yozgan.
Trampning sözlariga köra, kema ekipaji ogohlantirişni e’tiborsiz qoldirgan, şu tufayli Amerika kemasi «maşina bölmasida yoriq qoldirib, ularni töxtatgan».
Hozirda kema AQŞ harbiylari nazoratida bölib turibdi.
Öz navbatida, Eron Amerikaning bu zarbasini sulhning buzilişi va «dengiz qaroqçiligi akti» deb baholadi. Eron harbiy qömondonligining Tasnim axborot agentligi orqali tarqatilgan bayonotida aytilişiça, Eron Xitoydan kelgan «Tuska» nomli konteynerovozga qilingan hujumga javoban dronlar bilan amerikaliklarning bir neça harbiy kemasiga hujum uyuştirgan.
AQŞ va Eron örtasida tuzilgan vaqtinça sulh muddati 21 aprel kuni tugaydi.
Tehron 17 aprel kuni Hörmuz böğozini tijoriy kemalar ötişi uçun oçişini e’lon qilgandi. Ammo 18 aprel kuni suv yöli yana bloklandi. Eron hukumati AQŞ Eron portlari qamalini töxtatmagunça Hörmuz böğozi orqali kemalar qatnoviga tösqinlik qilişda davom etişini bildirgan.
Pokistonda şu kunlarda tinçlik muzokaralarining ikkinçi bosqiçi bölib ötişi kutilayotgandi (birinçi bosqiç 11-12 aprel kunlari ötkazilgandi va natijasiz tugagandi). Tramp 19 aprel kuni AQŞ Islomobodga delegatsiya yuborişini ma’lum qildi, ammo Eron 20 aprel kuni Amerika blokadasi bekor qilinmagunça, muzokaralarda iştirok etmasligini bildirdi.










