Duşanba kunduzi Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bölişi kutilmoqda, deya xabar berdi Özgidromet.

Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Havo harorati +24…+29 daraja atrofida böladi.

21–23 aprel kunlari respublika böyiça ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, ayrim joylarda momaqaldiroq böladi. Harorat 21 aprelda kunduzi +24…+29, 22–23 aprel kunlari asta-sekin +18…+23 darajagaça pasayadi.

20–22 aprel kunlari respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 15–20 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

24 aprelda Özbekistonning barça hududlari böyiça yana quruq ob-havo kuzatiladi va havo harorati kötarila boşlaydi.

Toğoldi va toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toşkent şahrida duşanba kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Seşanba kuni kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Havo harorati 20–21 aprelda +25…+28 daraja atrofida böladi.

22–23 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzgi harorat 22 aprelda +24…+26, 23 aprelda +20…+22 daraja böladi.

24 aprelda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +25…+27 daraja böladi. Şamol şarqdan birozdan örtaça tezlikgaça esadi, 21–22 aprel kunlari 12–14 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.