Yevropaga ballistik raketalardan himoya qiluvçi öz tizimini yaratiş zarur. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 19 aprel, yakşanba kuni “Yagona yangiliklar” telemarafoni efirida ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, Ukraina mamlakatning Rossiyaga qarşi mudofaa uruşi tajribasini inobatga olgan holda, bunday tizimni işlab çiqiş böyiça bir neçta Yevropa davlatlari bilan allaqaçon muzokaralar olib bormoqda. Zelenskiy buni “öta murakkab, ammo amaliy vazifa” deb atadi, biroq qaysi davlatlar bilan muzokara ketayotganini aniqlaştirmadi.

Reuters agentligining qayd etişiça, Rossiyaning ballistik raketalari zarbalaridan himoyalaniş Ukraina mudofaasidagi eng jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Çunki Rossiya aynan şu turdagi qurollar bilan mamlakatning energetika obektlariga ataylab zarbalar bermoqda.

Hozirgi vaqtda bunday hujumlarni faqat AQŞning Patriot havo mudofaa tizimi raketalari töxtata oladi. AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi, şuningdek, Fors körfazi hududida uşbu raketalarning faol qöllanişi fonida ularni xarid qiliş tobora qiyinlaşmoqda.

Reuters yozişiça, Patriot tizimiga muqobil hisoblangan Fransiya-Italiyaning SAMP/T havo mudofaa tizimi hozirça nisbatan kam miqdorda işlab çiqarilmoqda va mavjud talabni qondirişga qodir emas.

Zelenskiy telemarafonda bergan intervyusida Ukraina Hindiston bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik böyiça kelişuv işlab çiqayotganini ham aytdi. Avvalroq Ukraina prezidenti mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerovga qator davlatlar bilan şunga öxşaş kelişuvlar loyihalarini yakunlaş topşiriğini berganini ma’lum qilgan edi.

Zelenskiyning aytişiça, Kiyev xavfsizlik masalalari böyiça Birlaşgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Suriya, Ummon, Kuvayt va Bahrayn bilan muloqot olib bormoqda.

2026 yil bahorida Ukraina Saudiya Arabistoni va Qatar bilan ön yillik muddatga möljallangan mudofaa hamkorligi töğrisidagi bitimlarni allaqaçon imzolagan.

Xususan, Zelenskiy ta’kidlaşiça, Yaqin Şarq davlatlari Ukrainaning dronlardan kompleks himoya va radioelektron kuraş tizimlarini xarid qilişga qiziqiş bildirmoqda.