Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Eron va AQŞ muzokaralari

Eron AQŞ bilan Pokistonda bölib ötadigan tinçlik muzokaralarida iştirok etiş masalasini körib çiqişga qaror qildi. Bu qaror Islomobodning AQŞ blokadasini töxtatiş borasidagi harakatlaridan söng qabul qilindi. Biroq Eron mulozimi Reuters’ga hali yakuniy qaror qabul qilinmaganini ta’kidlagan.

Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi AQŞ tomonidan «sulh rejimining davomiy ravişda buzilişi» diplomatik jarayonni davom ettirişdagi yirik tösiq ekanini aytdi.

Pokiston xavfsizlik manbasining xabar berişiça, feldmarşal Asim Munir Trampga blokada muzokaralar uçun tösiq ekanini aytgan va Tramp buni töxtatişni körib çiqişga va’da bergan.

Şu bilan birga, Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon AQŞ rasmiylarining signallarini tanqid qildi:

«Amerika rasmiylarining konstruktiv bölmagan va qarama-qarşi signallari aççiq xabarni taşiydi: ular Eronning taslim bölişini xohlamoqda. Eronliklar kuç işlatişga böyin egmaydi», deb yozdi Pizişkiyon.

Minglab odamlar ölimiga sabab bölgan va jahon energiya bozorlarini larzaga keltirgan mojarodagi ikki haftalik sulh muddati payşanba tongida öz nihoyasiga yetadi. AQŞ Eron yuk kemasini qölga olişi va Tehronning javob qaytarişga va’da berişi sulhning davom etişini xavf ostida qoldirmoqda.

Noaniqlikni oşirgan yana bir holat — vitse-prezident J.D. Vens duşanba kuni hali ham AQŞda ekani ma’lum böldi. Alohida manba Vensning muzokaralar uçun allaqaçon Pokistonga yöl olgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Tramp özi esa uning ma’muriyati tomonidan tuziladigan yadroviy kelişuv 2015 yilda Barak Obama davrida imzolangan xalqaro bitimdan yaxşiroq bölişiga işonişini aytdi. «Men heç qanday bosim ostida emasman, şunday bölsa-da, hammasi nisbatan tez sodir böladi!» deb yozdi AQŞ yetakçisi.

 

 

Yaponiyada kuçli zilzila xavfi

Yaponiya rasmiylari keça uning şarqiy qirğoqlarida 7,7 magnitudali zilzila ortidan evakuatsiya buyruğini berib, 3 metrli sunami tölqinlari haqida ogohlantiriş e’lon qildi.