Qonun (ÖRQ–1132-son, 2026 yil 17 aprel) bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçalarga köra, portativ lazerli nur tarqatgiçlardan qonunga xilof ravişda foydalaniş huquqbuzarlik aşyolarini musodara qiliş bilan birga BHMning 15 baravaridan 25 baravarigaça jarima solişga sabab böladi.

Şuningdek, mazkur qurilmalarni qonunga xilof ravişda işlab çiqariş, tayyorlaş, saqlaş, taşiş, jönatiş yoki Özbekistondan olib çiqiş holatlari uçun BHMning 15 baravaridan 30 baravarigaça miqdorda jarima va musodara çorasi belgilandi.

Portativ lazerli nur tarqatgiçlarni noqonuniy ravişda ötkaziş yoki Özbekistonga olib kiriş holatlari esa huquqbuzarlik aşyolarini musodara qilgan holda BHMning 25 baravaridan 50 baravarigaça jarima solişga sabab böladi.

Qonun bilan, şuningdek, mahalla huquq-tartibot maskanlari va tayanç punktlari faoliyatini takomillaştiriş, ularda xizmat qiluvçi inspektorlarning vakolatlarini aniqlaştirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar ham kiritildi.