MyGov portali tegişli xizmat işga tuşirilganini e’lon qildi.

Portal ma’muriyatining qayd etişiça, avvallari raqam egasini özgartiriş uçun har ikki tomon (raqamning amaldagi egasi va yangi egalik qiluvçi şaxs) aloqa operatori ofisiga şaxsan borişi, navbat kutişi va hujjatlar imzolaşi talab etilardi.

Endilikda bu jarayonlar raqamlaşdi.

Xizmatdan foydalaniş uçun:

  • My.gov.uz portali yoki MyGov ilovasiga kiring.
  • “Mobil raqamni qayta rasmiylaştiriş” xizmatini tanlang.
  • Kerakli ma’lumotlarni töldiring va arizani yuboring.

Xizmatni körsatiş muddati – 1 kundan 5 kungaça.

Ariza beriş jarayonida har ikki tomon (raqamni boşqa şaxs nomiga ötkazuvçi ham, qabul qilib oluvçi ham) arizani MyID vositasida Face-ID orqali tasdiqlaşi talab etiladi.

Hozirda bu qulaylikdan Uztelecom, Beeline va Mobiuz abonentlari foydalana oladi. Xizmat qolgan operatorlarni ham bosqiçma-bosqiç qamrab oladi.

Qayd etilişiça, mobil aloqa operatorlari öz narx siyosatidan kelib çiqib xizmat tarifi asosida tölov şakllantiradi. Ba’zi mobil operatorlar tomonidan xizmat yaqin qarindoşlar uçun bepul amalga oşirilmoqda.