Amerika delegatsiyasi Eron bilan rejalaştirilgan muzokaralar navbati uçun tez orada Pokistonga jönaydi. Bu haqda 20 aprel, duşanba kuni — AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşida e’lon qilingan ikki haftalik sulh tugaşiga ikki kun qolganida AFP agentligi Vaşingtondagi xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

Öz navbatida, AQŞ prezidenti Donald Tramp New York Post gazetasiga vitse-prezident Jyey Di Vens boşçiligidagi amerikalik muzokaraçilar allaqaçon yölga çiqqanini aytgan. Şuningdek, u Truth Social’dagi yangi postida Eron bilan tuziladigan yangi bitim 2015 yilda Tehron bilan erişilgan xalqaro kelişuvdan “ança yaxşiroq” bölişiga işonç bildirgan.

Şu bilan birga, AFP qayd etişiça, Islomoboddagi muzokaralarda Eron iştirok etadimi-yöqmi, bu masalada noaniqlik saqlanib qolmoqda. “Muzokaralarning ikkinçi bosqiçi böyiça rejalarimiz yöq, ammo bu masala hali uzil-kesil hal etilmagan”, — dedi Eron TIV vakili Ismoil Baqoiy. U AQŞni “diplomatiyaga jiddiy yondaşmayotganlikda” ayblab, “AQŞ tomonidan sulh rejimi oçiqça buzilganini” ta’kidladi. Baqoiy bunda AQŞning Eron yuk kemasiga hujumi va Eron portlari qamali davom etayotganini misol qildi.

Donald Trampning sözlariga köra, sulhni uzaytiriş “deyarli mumkin emas”. AQŞ prezidenti 20 aprel kuni Eronga agar sulh muddati yangi kelişuvsiz tugasa, yana bir bor ommaviy hujumlar bilan tahdid qildi. Uning aytişiça, Oq uy Tehronga “adolatli va oqilona bitim” taklif qilmoqda. “Ular bu taklifni qabul qilişiga umid qilaman, aks holda AQŞ Erondagi har bir elektr stansiyasi va har bir köprikni işdan çiqaradi”, — deya qöşimça qilgan Tramp.

Eron esa avvalroq AQŞ mamlakat portlarini Hörmuz böğozida qamal qilişda davom etayotgan bir paytda Pokistondagi muzokaralarda qatnaşişni rejalaştirmayotganini bildirgan edi. Pokistondagi uçraşuvdan keyin tomonlar vositaçilar orqali muloqotni davom ettirgan, ammo Eron tomoni fikriça, AQŞning “haddan taşqari talablari va ortiqça da’volari” tufayli muloqot boşi berk köçaga kirib qolgan.

Vaşington va Tehron örtasidagi muzokaralarning birinçi bosqiçi 11–12 aprel kunlari Islomobodda bölib ötgan va u heç qanday natijasiz yakunlangan.