Özbekiston milliy jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov Italiyaning «Roma» klubidan Turkiyaning «Istanbul Boşoqşehir» klubiga rasman köçib ötadi. Turkiyaliklar 30 yoşli futbolçini töliq sotib oliş bandini faollaştirdi.
Rim klubi futbolçi ketişini tasdiqladi. Bungaça forvard turk jamoasida ijarada töp tepayotgan edi, ammo kelişuv şartlariga köra, «Istanbul Boşoqşehir» Superligadagi joyini saqlab qolgandan söng, öyinçini sotib oliş majburiyatiga ega edi.
Transfer summasi 2,8 million yevroni taşkil qiladi, şu bilan birga «Roma» ijara uçun alohida 3 million yevro olgan. Şuningdek, «börilar» futbolçining keyingi transferidan 10 foiz uluşga ega böladi.
Şomurodov Turkiya çempionatida 30 öyinda 18 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oşirgan. «Istanbul Boşoqşehir» çempionat yakuniga 4 tur qolganida 5-örinni egallab turibdi.

















