Otaşkesimni uzaytirgan Tramp, Boltiq uzra rus bombardimonçilari va Yaponiya qurol siyosatida özgariş – kun dayjesti
|20:54 / 22.04.20265 3748 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Tramp Eron bilan otaşkesimni uzaytirdi
AQŞ prezidenti Donald Tramp tinçlik muzokaralarini davom ettiriş uçun Eron bilan öt oçişni töxtatiş tartibini muddatsiz uzaytirdi.
Tramp ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida aytişiça, AQŞ pokistonlik vositaçilarning «uşbu mamlakat yetakçilari va vakillari yagona taklif bilan çiqmagunça hamda muhokamalar yakunlanmagunça Eronga hujumni töxtatib turiş» haqidagi söroviga rozi bölgan.
Pokiston rahbarlari Islomobodda AQŞ–Eron uruşini tugatiş böyiça tinçlik muzokaralariga mezbonlik qilmoqda.
Biroq Tramp bir tomonlama sulh e’lon qilgan bölsa-da, u AQŞ harbiy-dengiz flotining Eron dengiz savdosini blokada qilişini davom ettirişini bildirdi. «Agar biz ularning qolgan mamlakatini va rahbarlarini portlatib yubormasak, blokada qoladi», deb yozdi Tramp.
Hozirça Eron yuqori martabali mulozimlari Trampning bayonotiga heç qanday rasmiy javob bermadi. Ammo Tehrondan kelayotgan dastlabki munosabatlar ular Trampning sözlariga şubha bilan qarayotganidan dalolat bermoqda.
Muxofizlar korpusiga aloqador körilgan Tasnim axborot agentligi Eron öt oçişni töxtatiş muddatini uzaytirişni söramaganini bildirdi. Şuningdek, ular AQŞ blokadasini kuç bilan yorib ötiş haqidagi tahdidlarini takrorladi.
Trampning uruş davridagi ritorikasi keskinliklar orasida özgarib turibdi. Atigi ikki hafta oldin u Eronga qarşi haqoratli tahdidlar bilan çiqib, «butun bir sivilizatsiya halok böladi» deb va’da bergandi. Boşqa vaqtlarda esa u zöravonlik va bozordagi noaniqlikni tugatişga intilayotgandek körinadi. Boz ustiga Tramp otaşkesim haqidagi öz bayonotidan bir neça soat oldin — sulhni davom ettirişga moyil emasligini va AQŞ harbiylari «jangga şay» ekanini aytgandi.
AQŞni Eron bilan uruşga olib kirgan Isroil hozirça ittifoqçisining sözlariga izoh bermadi.
Boltiq dengizi uzra Rossiya bombardimonçilari
Duşanba kuni NATO kuçlari Boltiq dengizi uzra uçayotgan Rossiya strategik bombardimonçilari va qiruvçi samolyotlarini tutib oldi.
Mavzuga oid
Litvadagi aviabazadan Fransiyaning «havo-havo» toifasidagi raketalar bilan qurollangan «Rafale» qiruvçi samolyotlari havoga kötarildi.
Bayonotga köra, Rossiya missiyasi tarkibida ikkita Tu-22M3 tovuşdan tez uçuvçi bombardimonçisi hamda ularni kuzatib borgan önga yaqin Su-30 va Su-35 qiruvçi samolyotlari bölgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi uzoq masofali bombardimonçilarning 4 soatlik parvozi oldindan rejalaştirilganini aytdi. Moskvaga köra, ular Boltiq dengizining neytral suvlari ustidagi havo hududida uçgan.
Harbiy ittifoq NATO havo hududiga yaqinlaşayotgan yoki uning yaqinida uçayotgan Rossiya harbiy samolyotlarini töxtatiş uçun tez-tez qiruvçi samolyotlarni havoga kötaradi. NATOning ta’kidlaşiça, tutib olingan rus samolyotlari köpinça transponderlardan foydalanmaydi, aviadispetçerlar bilan aloqaga çiqmaydi va parvoz rejasini taqdim etmaydi.
Yevropa va Isroil kelişuvi kuçda qoldi
21 aprel kuni Ispaniya va Irlandiya boşçiligidagi davlatlar Isroil bilan Yevropa Ittifoqi örtasidagi aloqalarni tartibga soluvçi bitimni töxtatib turişga çaqirdi, biroq yetarli darajada qöllab-quvvatlanmadi.
Lyuksemburgda ötgan taşqi işlar vazirlari uçraşuvida qator vazirlar — Ğarbiy sohildagi aholi punktlari, Ğazodagi humanitar vaziyat va Isroilning ölim jazosi haqidagi yangi qonuni tufayli bitimni töliq yoki qisman töxtatib turişni talab qildi.
«Bugun Yevropaning nufuzi va işonçliligi xavf ostida», dedi Ispaniya taşqi işlar vaziri Xose Albares. U 2000 yilda kuçga kirgan «Assotsiatsiya töğrisidagi bitim»ni töxtatib turiş böyiça muhokama ötkazişga çaqirdi. Bu çora Isroilning taxminan 5,8 milliard yevrolik eksportiga ta’sir qilişi mumkin.
Yevropa Ittifoqi Isroilning eng yirik savdo hamkori hisoblanadi. 2024 yilda ikki örtadagi tovar ayirboşlaş hajmi 42,6 milliard yevroni taşkil etgan.
Ammo Isroil bilan savdo bitimini töxtatiş uçun Yevroittifoq hukumatlarining «malakali köpçiligi» ovozi talab qilinadi. Ya’ni 27 ta davlatdan 15 tasi, ular Yevropa aholisining 65 foizini ifodalaşi kerak. Şartnomani töliq töxtatiş uçun esa barça a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi zarur.
Yevropada Isroilga qarşi bunday çoralar körişga asosan Germaniya va Italiya veto qöyib kelmoqda.
Yaponiya tinçlikparvarlik siyosatidagi keskin buriliş
Yaponiya qurol eksporti böyiça ön yillik çeklovlarni yumşatib, öndan ortiq mamlakatga qurol sotişga yöl oçdi. Xususan, Yaponiyada qurol eksportini faqat qutqaruv, transport va kuzatuv vositalari bilan çeklaydigan qoidalar bekor qilinadi.
Yaponiya endilikda özi bilan mudofaa bitimlariga ega bölgan 17 ta davlatga, jumladan, AQŞ va Buyuk Britaniyaga öldiruvçi jangovar qurollarni sotişi mumkin. Mojarolarga aralaşgan davlatlarga qurol sotiş taqiqi saqlanib qoladi, biroq bu Yaponiya bilan mudofaa paktiga ega davlatlarga taalluqli emas. Tokio rasmiylari «alohida holatlarda» istisnolarga yöl qöyilişini bildirdi.
«Xavfsizlik muhiti tobora oğirlaşib borayotgan bir paytda, endilikda heç bir davlat öz tinçligi va xavfsizligini yolğiz özi himoya qila olmaydi», deb yozdi Yaponiya boş vaziri Sanae Takaiçi.
Xitoy Yaponiyaning «mulohazasiz harbiylaşuvidan jiddiy xavotirda» ekanini bildirdi. «Xitoy yuksak huşyorlikni saqlaydi va bu harakatga qat’iy qarşilik körsatadi», dedi Pekin taşqi siyosat idorasi.
Qurol eksporti böyiça yangi qoidalar Yaponiya Öz-özini mudofaa kuçlari AQŞ va Filippin örtasidagi yillik harbiy öyinlarda iştirok etayotgan bir vaqtda e’lon qilindi. Yaponiya uşbu maşğulotlarda ilk bor oddiy kuzatuvçi emas, balki bevosita iştirokçi sifatida qatnaşmoqda.
Yaponiyaning mudofaa pozitsiyasi II jahon uruşidan keyingi konstitutsiyada mustahkamlab qöyilgan. Uning 9-moddasi xalqaro nizolarni hal qiliş vositasi sifatida uruşdan voz keçişni közda tutadi. Sanae Takaiçi patsifist konstitutsiyani qayta körib çiqiş, xususan, 9-moddaga özgartiriş kiritiş tarafdori.
Ukrainadagi neft quvuri tiklanişi mumkin
Seşanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Drujba» neft quvuri öz işini qayta boşlaşga tayyorligini ma’lum qildi. Ukraina hududi orqali ötib, Rossiya neftini Yevropaga haydaydigan uşbu quvur işining töxtaşi – rus neftiga qaram bölib qolayotgan Vengriya va Slovakiyaning keskin noroziligiga sabab bölgandi. Har ikki davlat Kiyevni ta’mirlaş işlarini ataylab paysallaşda ayblab kelgan.
Ukraina rasmiylarining ta’kidlaşiça, quvurga Rossiyaning dron hujumlari şikast yetkazgan. Kiyev doimiy zarbalar quvurni ta’mirlaşga urinayotgan texnik xodimlarning hayotini xavf ostiga qöyganini aytib keldi.
«Hozirda Rossiya quvur infratuzilmasiga hujumlarni takrorlamasligiga heç kim kafolat bera olmasa-da, bizning mutaxassislarimiz quvur tizimi va uskunalar işini tiklaş uçun asosiy şaroitlarni ta’minladi», dedi Zelenskiy.
Lavozimidan ketayotgan Vengriya yetakçisi Viktor Orban Ukraina uçun zarur bölgan 90 milliard yevrolik qarzni aynan quvurning işlamayotganini bahona qilib töxtatib qöygandi. Biroq uning saylovlardagi mağlubiyati uşbu mablağlarning ajratilişi uçun yöl oçgan deb körilmoqda.
Quvur işga tuşişini e’lon qilganidan köp ötmay, Zelenskiy Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen bilan qönğiroqlaşib, uni qarz mablağlarini imkon qadar tezroq ajratişga çaqirdi.
Zelenskiy şuningdek, yevropalik ittifoqçilarini Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuçaytiriş va Rossiya neftiga bölgan qaramlikka çek qöyişga çaqirdi.