Uçraşuvda asosiy e’tibor kasalliklarni erta aniqlaş, klinik qaror qabul qiliş aniqligini oşiriş hamda laboratoriyalar va tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yeçimlarga qaratildi. Tadbir davomida kompaniya bir qator ustuvor yönalişlar böyiça öz işlanmalarini taqdim etdi. Jumladan, Alsgeymer kasalligi diagnostikasiga zamonaviy yondaşuvlar, yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlaş usullari, klinik qaror qabul qilişni qöllab-quvvatlovçi raqamli algoritmlar haqida taniştirildi.
Mehmonlar ta’kidlaşiça, Roche Day tadbiri zamonaviy diagnostika texnologiyalarining bemor davolaniş jarayoni barça bosqiçlarida mutaxassislarga qanday yordam berişi masalasini muhokama qiliş uçun professional muloqot maydoniga aylandi. Xususan, skrining va dastlabki baholaşdan boşlab, xavfni stratifikatsiya qiliş, davolaş strategiyasini tanlaş, prognozni aniqlaş hamda terapiya samaradorligini monitoring qilişgaça bölgan jarayonlar haqida fikr almaşildi.
Şuningdek, iştirokçilar laboratoriya avtomatizatsiyasining ahamiyatiga ham töxtalib ötdi. Ma’lum qilinişiça, bunday tizimlar natijalar aniqligi va takrorlanuvçanligini oşiradi, inson omili ta’sirini kamaytiradi hamda bemor manfaatlari yölida yanada samarali laboratoriya jarayonlarini şakllantirişga xizmat qiladi.
“Bugungi kunda IVD diagnostikasi zamonaviy tibbiyotning asosiy poydevorlaridan biri hisoblanadi. Soğliqni saqlaş xarajatlarining örtaça 2 foizini taşkil etişiga qaramay, laboratoriya natijalari barça klinik qarorlarning 70 foizdan ortiğiga asos böladi. Roche Diagnostics kompaniyasi uçun bu katta mas’uliyatni anglatadi: bemor salomatligi hamda butun tizim samaradorligi bevosita boğliq bölgan ma’lumotlarning aniqligini ta’minlaş asosiy missiyamizdir”, – deydi Roche Diagnostics kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi böyiça soğliqni saqlaş innovatsiyalari rahbari Janar Kanibekova.
Ta’kidlanişiça, Roche Day tadbiri davomida Alsgeymer kasalligi hamda kognitiv buzilişlarni erta aniqlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Iştirokçilar uşbu yönalişning soğliqni saqlaş tizimlari uçun tobora dolzarb bölib borayotgani, diagnostikada obektiv ma’lumotlarning ahamiyati hamda kognitiv funksiyalar pasayişining dastlabki belgilari paydo bölgan paytda bemorlarni öz vaqtida mutaxassislarga yönaltiriş muhimligini muhokama qildi.
“Alsgeymer va demensiyaning boşqa şakllari kuçli e’tiborni talab qiladi. Kognitiv özgarişlarning












