Ma’lum bölişiça, viloyat Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasining ikki nafar boş mutaxassisi özaro til biriktirib, Yangi Namangan tumanida joylaşgan 2 qavatli noturar bino uçun quriliş ruxsatnomasi, arxitektura-rejalaştiriş topşiriği hamda loyiha hujjatlarini rasmiylaştirib berişni va’da qilgan. Buning evaziga ular tadbirkordan 22 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Joriy yil mart oyida uşbu mablağning 7 ming dollari olingan. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda mutaxassislardan biri qolgan 15 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Ikkinçi şaxs ham protsessual tartibda qölga olingan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolarga şu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qiliş tavsiya etildi. Şaxs sir saqlanişi kafolatlanadi.












