Mualliflar ğoyasiga köra, “Ittifoq böğozi” deb nomlangan mazkur dengiz yöli öziga xos “milliy tayanç” vazifasini bajarişi mumkin. U savdo barqarorligini ta’minlaş, iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş va butun yönaliş böylab yangi şahar hududlarini rivojlantirişga xizmat qilişi mumkin.

Znera xodimlari bu haqda şunday dedi: “Tobora murakkablaşib borayotgan global voqelik şaroitida masala endi faqat ösişda emas, balki nazorat, izçillik va uzoq muddatli pozitsiyalaşuvda hamdir. Biz, Znera jamoasi, dizayn bunday darajada ham muhim rol öynay oladi, deb işonamiz — u nafaqat şaharlar, balki butun boşli davlatlarning strategik kelajagini şakllantirişda ham iştirok etişi mumkin”.

Hörmuz böğozi Ummon va Eron örtasida joylaşgan bölib, Fors körfazini Ummon körfazi va Arab dengizi bilan boğlaydi. Uning çuqurligi va kengligi hatto eng yirik neft tankerlarining ham ötişiga imkon beradi.

2025 yilning birinçi yarmida uşbu böğoz orqali kuniga taxminan 20,9 million barrel neft taşilgan. Bu jahon neft iste’molining qariyb beşdan bir qismiga teng. Biroq Yaqin Şarqdagi harbiy mojarolarning sönggi keskinlaşuvi fonida köplab davlatlar muqobil yöllar haqida boş qotira boşladi.