Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Erondagi uruş

Payşanba kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan tinçlik kelişuvi borasida şoşilmayotganini ta’kidladi. «Meni şoşiltirmang. Men eng yaxşi kelişuvga erişmoqçiman... Uning mangu bölişini istayman», dedi u.

Şuningdek, Tramp Oq uyda jurnalistlarning Eronga qarşi yadroviy qurol qöllaş ehtimoli haqidagi savoliga javob berdi:

«Yöq. Nega endi u menga kerak bölsin? Qanday ahmoqona savol. Nima uçun men yadroviy qurolni qöllaşim kerak?» dedi Tramp.

Uning aytişiça, AQŞ Eronni an’anaviy qurollar bilan «yakson qilgani» sababli bunga hojat yöq: «Men uni işlatmagan bölardim. Heç kimga yadro qurolidan foydalanişga yöl qöyilmasligi kerak», dedi Tramp jurnalistlar bilan suhbatda.

Şu bilan birga, u Hörmuzdagi dengiz qarama-qarşiligida AQŞ yaqqol ustunlikka egaligini da’vo qilişda davom etdi.

Eron esa bir kun oldin Hörmuz ustidan nazoratni kuçaytirganini namoyiş qilgandi. Payşanba kuni Tramp AQŞ harbiy-dengiz kuçlariga böğozga mina yotqizayotgan Eron qayiqlarini «öqqa tutiş va yöq qiliş» buyruği berilganini ma’lum qildi.

Payşanba kuni Yaqin Şarqdagi uruşning ikkinçi frontida ham özgarişlar böldi. Isroil va Livan Oq uyda prezident Donald Tramp vositaçiligida ötgan uçraşuvda öt oçişni töxtatiş rejimini yana uç haftaga uzaytirdi.

Ammo öt oçişni töxtatiş rejimi uzaytirilganiga qaramay, Livan janubida töqnaşuvlar davom etdi. Isroil hujumlarida livanlik jurnalist ayol öldirildi, «Hizbulloh» ham qarşi xujumlar uyuştirdi.

Bundan taşqari, Isroil Eronga hujumlarni qayta boşlaşga tayyorligidan ogohlantirdi. Mudofaa vaziri Israel Kats uruşni qayta boşlaş uçun AQŞdan «yaşil çiroq» kutayotganini va agar bu sodir bölsa, birinçi bölib Xominaiy nişonga olinişini aytdi.

Nihoyat Ukrainaga pul ajratiladi

Payşanba kuni Vengriya vetoni bekor qilganidan söng Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 90 milliard yevrolik qarz berişni yakuniy tasdiqladi. Bu bilan boş vazir Viktor Orban öz vakolatining sönggi oylarida blok içidagi keskin mojaroga çek qöydi.