24 aprel, juma kuni France 24 va Euronews uşbu material böyiça öz tekşiruvlarini e’lon qildi. Ularning ma’lumotiga köra, yolğon xabarni tarqatgan akkauntlar Zelenskiy kartinani mafiyadan olganini da’vo qilgan. Bir neça soat içida rolik faqat X ijtimoiy tarmoğidagi bitta profilda 400 ming martadan ortiq körilgan.
Aslida esa Volodimir Zelenskiyning devorida ukrainalik rassom Andrey Çebotaruning asarlari osilgan.
France 24 xabariga köra, maşhur OAV mahsuloti sifatida körsatilgan soxta materiallarni tarqatiş — Rossiya GRU bilan boğlanadigan “Ştorm-1516” dezinformatsiya tarmoğining klassik usullaridan biri hisoblanadi. Bu haqda mazkur tarmoqni kuzatib boruvçi Gnida Project France 24ʼga ma’lum qilgan.

France 24 yozişiça, sönggi uç yil davomida faoliyat yuritib kelayotgan uşbu tarmoq Fransiya va Ğarb davlatlariga qarşi qaratilgan köplab dezinformatsiya operatsiyalari ortida turgani taxmin qilinadi. Bu haqda bir neçta hisobotlarda, jumladan, xorijiy aralaşuvga qarşi kuraşiş bilan şuğullanuvçi Fransiya davlat organi — Viginum hisobotida qayd etilgan.
Bundan taşqari, “Ştorm-1516” tarmoği AQŞ Moliya vazirligi tomonidan ham Rossiya GRU va Moskvadagi “Geosiyosiy ekspertiza markazi” bilan oçiqçasiga boğlangan.
Euronews esa mazkur publikatsiyani Kremlga yaqin dezinformatsiya tarmoği — “Matryoşka” bilan boğlagan.












