Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Eron boş diplomati Pokistonda
Juma kuni Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi AQŞ bilan tinçlik muzokaralarini qayta boşlaş böyiça takliflarni muhokama qiliş uçun Pokistonga keldi.
Ammo taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Eron rasmiylari AQŞ vakillari bilan uçraşişni rejalaştirmayotganini aytdi. Kotibning sözlariga köra, Eronning taklif va xavotirlari Pokiston orqali yetkaziladi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp ham Eron ularning talablarini qondirişga qaratilgan taklif berişini aytdi. Biroq taklif aynan nimadan iborat ekanini hali bilmasligini bildirdi.
AQŞ kim bilan muzokara olib boryapti degan savolga Tramp: «Buni aytmoqçi emasman, lekin biz hozirda rahbarlik qilayotgan odamlar bilan iş olib boryapmiz», deb javob berdi.
Oq uy matbuot kotibi Karolin Levit AQŞ Eron tomonidan ijobiy siljişlarni körayotganini va bu dam oliş kunlarida yanada köproq natijalar kutayotganini bildirdi. Şuningdek, u AQŞ vitse-prezidenti J.D. Venc ham Uitkoff va Kuşnerga qöşilib Pokistonga borişga tayyorligini qöşimça qildi.
Hukumatdagi ikki manbaga köra, Aroqçi kelişi bilan Pokiston taşqi işlar vaziri Is’hoq Dar bilan uçraşuvga yöl olgan. Şuningdek, Aroqçi ikki tomonlama masalalarni muvofiqlaştiriş va mintaqaviy özgarişlarni maslahatlaşiş uçun Ömon va Rossiyaga ham boradi.
Tramp payşanba kuni Eron bilan «abadiy» kelişuvga erişmoqçi ekanini aytib, muhim energiya taşiş yöli Hörmuz böğozini oçişga urinmoqda. Ammo AQŞ blokadasi töxtamaguniça Eron böğozni oçmoqçi emas.
Ijtimoiy tarmoqlar uçun çeklovlar
Çorşanba kuni Turkiya qonun çiqaruvçilari uzoq davom etgan muhokamalardan söng ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni çeklovçi qonun loyihasini ma’qulladi. Qonun 15 yoşga tölmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirişini taqiqlaydi va kompaniyalar zimmasiga ular uçun xavfsiz onlayn maydonlar yaratiş vazifasini yuklaydi.
Turkiyada mazkur qonun loyihasi ança vaqtdan beri kun tartibida edi, biroq şu oy boşida sodir bölgan ikkita maktabdagi otişma uning qabul qilinişini tezlaştirdi.











