Toşkent viloyati tumanlaridan birining FVB rahbari tadbirkordan pora talab qilgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Mansabdor MÇJ rahbariga tuman hududidan oqib ötuvçi uçta soy qirğoqlarini mustahkamlaş va beton plitali yöl ötkazgiçlar quriş böyiça 5,04 mlrd sömlik şartnomani göyoki vazirlikdagi hamkasblari orqali olib berganini rökaç qilgan.
Şu sababli undan 63 ming dollar miqdorida uluş talab qilgan va mart-aprel oylarida puldan 24 ming dollarini olgan.
FVB rahbari tadbirkordan qolgan 39 ming dollarini ham berişini söragan. Ötkazilgan tezkor tadbirda u puldan 25 ming dollarini Tracker xizmat avtomaşinasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.












