25 aprel — şanba oqşomida (AQŞ vaqti bilan) biri kişi Hilton mehmonxonasi xavfsizlik nazorat punktiga bostirib kirib, xavfsizlik xodimlariga qarata miltiqdan öt oçdi. Öşa vaqtda binoda har yili ötkaziladigan tadbir — Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasi bilan keçki ovqat bölayotgandi. Hilton mehmonxonasining yertölasi — bazm zalida ötayotgan tadbirda Tramp kabinetining köplab a’zolari va boşqa yuqori martabali ma’muriyat rasmiylari ham qatnaşayotgandi.
Oq uy e’lon qilgan videokuzatuv kadrlarida kimdir xavfsizlik nazorat punkti orqali tezlik bilan yugurib ötayotgani, xavfsizlik xodimlari qurollarini tezda çiqarişdan oldin bir lahzaga sarosimada qolgani körinadi.
"A man charged a security checkpoint armed with multiple weapons, and he was taken down by some very brave members of Secret Service." - President Donald J. Trump pic.twitter.com/N3UTveVNFM
— The White House (@WhiteHouse) April 26, 2026
FQB mulozimi Reuters agentligiga aytişiça, qurollangan şaxs Maxfiy xizmat agentiga qarata öt oçgan. rasmiylarga köra, ofitserni öq ötkazmaydigan jileti saqlab qolgan va uning ahvoli «yaxşi».
Öq ovozlaridan söng, keçki ovqat iştirokçilari suhbatni darhol töxtatdi. Odamlar: «Yotinglar, yotinglar!» deb baqira boşlagan. 2600 nafar iştirokçining köpçiligi pana joyga yaşirindi, ofitsiantlar esa ovqatlaniş zalining old qismiga qarab qoçişdi.

Xavfsizlik agentlari Oq uy a’zolarini, jumladan davlat kotibi Marko Rubio, soğliqni saqlaş kotibi Robert F.Kennedi va içki işlar kotibi Dag Bergumni yerga yotqizişdi. Harbiy kiyimdagi boşqa xavfsizlik xodimlari sahnaga bostirib kirib, Tramp va uning rafiqasini evakuatsiya qilişdi.
BREAKING: Trump was just rushed off the stage during the White House Correspondens’ Dinner. pic.twitter.com/s9w1FW9BJ7
— Clash Report (@clashreport) April 26, 2026















