AQŞ–Eron qarama-qarşiligining asosiy sababi sifatida köpinça Tehronning yadro quroliga intilişi tilga olinadi. Eron buni öz xavfsizligining kafolati deb köradi, lekin agar mamlakat yadroviy salohiyatga ega bölişni uddalasa, Saudiya Arabistoni ham muqobil javob çoralarini izlay boşlaydi.
Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar jonli efirda tomoşabinlardan kelib tuşgan savollarga javob berişdi
— Agar Eron yadro quroliga ega bölsa, Qöşma Ştatlar Saudiya Arabistoniga öz yadro arsenalini joylaştirişi mumkinmi?
Oybek Sirojov: Bunday ehtimol mavjud, AQŞ öz yadro qurollarini hududga joylaştirişi yoki Saudiya Arabistoniga mustaqil ravişda yadro dasturini rivojlantiriş uçun şaroit yaratib berişi mumkin. Bu esa mutlaqo yangi va öziga xos geosiyosiy jarayonni boşlab beradi. Bunday vaziyatda Turkiya ham befarq qolmaydi.
Saudiya Arabistoni va boşqa mintaqa davlatlari ham passiv kuzatuvçi bölib qolmaydi. Natijada Yaqin Şarqda yana uç-törtta yangi yadro quroliga ega davlatlar şakllanişi ehtimoli yuzaga keladi. Bu yerda eng murakkab masala şundan iboratki, hozirgi kunda Fors körfazi davlatlari xususan, Qatar va Saudiya Arabistoni Qöşma Ştatlar bilan munosabatlarini aynan xavfsizlik kafolati sifatida mustahkamlamoqda.
Agar ular xavfsizlikni ta’minlaş vositasi sifatida yadro qurolini yoki AQŞga muqobil kuçni köra boşlasa, bu Qöşma Ştatlarning mintaqadagi rolini sezilarli darajada susaytirişi mumkin. Ikkinçidan, bunday şaroitda Qöşma Ştatlar Eronga hozirgidek bosim ötkaziş imkoniyatidan mahrum böladi.
Şimoliy Koreya tajribasiga öxşaş tarzda, Eron ham şunga yaqin strategiyani qöllaşi mumkin. Ya’ni taşqi bosim kuçaytirilsa yoki hududiga havo zarbalari berilsa, yadro qurolidan foydalaniş bilan tahdid qiliş orqali javob qaytaradi. Bu esa AQŞni tiyib turuvçi omilga aylanib, hatto uning mintaqadagi harbiy bazalarini bosqiçma-bosqiç qisqartirişiga olib kelişi mumkin.
Kamoliddin Rabbimov: Endi, xalqaro huquq nuqtayi nazaridan qaraydigan bölsak, yadroviy qurollarni tarqatmaslik töğrisidagi xalqaro konvensiyaga köra, bir davlatning yadro qurollari boşqa davlat hududida joylaştirilişi, birinçidan, qat’iyan çeklangan. Ikkinçidan, bunday holatda ham uşbu qurollarni boşqariş yoki ulardan foydalaniş huquqi mezbon davlatga berilişi mumkin emas.











