Duşanba va seşanba kunlari Özbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bölişi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Özgidromet.
Faqat Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda va Farğona vodiysida ertaga kunning ikkinçi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğadi.
Kunduzgi havo harorati +26…+29 daraja atrofida, janubida va çöl hududlarda +30…+33 darajagaça böladi.
29–30 aprel kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Özbekistonning şimoli-ğarbiy hududlarida 30 aprel kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati kunduzi +28…+33 daraja, janubda va çöl hududlarda +35 darajagaça böladi.
1 mayda respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli maxalliy yomğir yoğişi va momaqaldiroq bölişi mumkin. Havo harorati deyarli özgarmaydi.
30 aprelda şimoli-ğarbiy hududlarda, 1 mayda respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 15–20 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Toşkent şahrida hafta davomida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati duşanba kunduzi +26…+28 daraja, 28 aprelda +27…+29 daraja, 29−30 aprel va 1 mayda +29…+32 daraja böladi. Harorat asosan keçalari +14…+17 daraja böladi. Şamol şarqdan birozdan örtaça tezlikkaça esadi.

















