Isroil prezidenti Itsxak Gersog korrupsiyada ayblanayotgan boş vazir Binyamin Netanyahuning afv etiş töğrisidagi iltimosini rad etdi, deb xabar berdi The Times of Israel.

Avvalroq Gersog Netanyahuni afv etiş qarorini ortga surgani hamda aybiga iqror böliş töğrisidagi kelişuvda boş vazir va boş  prokuror örtasida vositaçi böliş niyatida ekanini yozgandi. 

Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, Itsxak Gersog «afv etiş yoki etmaslik»dan taşqari ham köplab variantlar bor deb hisoblaydi. 

«Avval ham ta’kidlaganidek, prezident Itsxak Gersog boş vazir Netanyahu işi böyiça tomonlarning kelişuvga erişişini töğri va munosib qaror deb hisoblaydi», — degan prezident devoni vakili. 

AQŞ prezidenti Donald Tramp Netanyahu afv etilişini talab qilmoqda. U Gersogni bu qarorga kelmayotgani uçun «ojiz va açinarli» deb atagan. 

«Men Bibi [Netanyahu] e’tiborini bölmağur narsalarga emas, uruşga qaratişini xohlayman», — degan Tramp.

Netanyahu korrupsiya işi böyiça ayblovlarni rad etib, ötgan yil noyabrda Isroil prezidentidan özini afv etişini söragandi.  

Netanyahuga nisbatan korrupsiya işi böyiça suriştiruv 2016 yil dekabrda boşlangan, 2019 yilda esa unga bir neçta iş böyiça ayblov e’lon qilingan. U xususan, milliarder va Hollivud prodyuseridan şaxsiy manfaatlar uçun yordam beriş evaziga ön minglab dollarlik sigara va şampan vinolarini olganlikda ayblangan. Şuningdek, Netanyahu özi va oilasi faoliyatini ijobiy yoritiş evaziga mediamagnatlarga yordam berişda gumonlanmoqda.