Jahon | 01:54
538
2 daqiqa o‘qiladi

Melaniya Tramp Oq uyda asalarichilikni kengaytirmoqda

Qayd etilishicha, prezident qarorgohida asal yetishtirish hajmi yanada oshishi kutilmoqda. Bu asaldan Oq uyda foydalaniladi, shuningdek mahalliy oziq-ovqat korxonalariga sovg‘a qilinadi.

Foto: Oq uy

AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp Oq uydagi Janubiy maysazor hududida prezident qarorgohi shaklidagi asalari qutisini o‘rnatish tadbirida qatnashdi.

Yangi uya o‘rnatilishi bilan AQSh prezidenti qarorgohidagi asalari oilalari soni to‘rttaga yetdi. Ular hududdagi poliz, gulzor va Milliy alleyadagi o‘simliklarni changlatadi. 

Qayd etilishicha, qulay yillarda 100 kg dan oshishi mumkin bo‘lgan asal yetishtirish hajmi yana 13,5 kg ga oshishi kutilmoqda. Bu asaldan Oq uyda foydalaniladi, shuningdek mahalliy oziq-ovqat korxonalariga sovg‘a qilinadi.

Foto: Oq uy 

Associated Press agentligining yozishicha, uya o‘rnatilishi asalarichilikni faol qo‘llab-quvvatlovchi qirol Karl III va qirolicha Kamillaning yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan davlat tashrifiga tayyorgarlikning bir qismi hisoblanadi. 

Donald Tramp ishtirok etgan tadbirda yuz bergan otishmadan so‘ng, bo‘lajak tashrif dasturiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid