O‘zbekiston | 22:42 / 28.04.2026
4319
2 daqiqa o‘qiladi

50 nafar o‘zbekistonlik Fransiya uzumzorlariga ishga yuboriladi

Fransiya Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi (FNSEA) bilan uzumzorlarda mavsumiy ishlarga o‘zbekistonliklarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

Foto: Migratsiya agentligi

Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi mas’ullaridan iborat delegatsiya Fransiyada o‘zbekistonliklarni qonuniy va tizimli ishga joylashtirish bo‘yicha muhim kelishuvga erishdi.

Jumladan, Fransiya Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi (FNSEA) bilan uzumzorlarda mavsumiy ishlarga o‘zbekistonliklarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

Qayd qilinishicha, shu yil yoz oylaridan boshlab pilot loyiha doirasida 50 nafar nomzod ilk bor Fransiyaga ishga yuboriladi.

Ta’kidlanishicha, Fransiyada kadr tanlash va bandligini ta’minlashga ixtisoslashgan tashkilot — “Sélect Recruiting Service” bilan nomzodlarni saralash va ishga joylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Shuningdek, CFA AC Paris kompaniyasi bilan “ta’lim + ish” formatida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Endi Fransiyada restoran sohasida o‘qish va ishlash imkoniyatini yaratish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.

Qayd qilinshicha, kelishuvlarni amalga oshirish va tashkiliy-huquqiy masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Fransiya Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Ta’lim vazirliklari mutassaddilari hamda “France Travail” davlat bandlik xizmati , CCI Île-de-France — Savdo-sanoat palatasi, AP-HP Parij davlat shifoxonalari xizmati bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid